Menyu



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
«Sanoatgeokontexnazorat»
Davlat inspeksiyasi

HINDISTON RESPUBLIKASI VITSE-PREZIDENTI BILAN UChRAShUV

Chop etildi:
24.08.2017



O‘rtoqlashish

Vazir Muppavarapu Venkaiah Naiduga O‘zbekiston rahbariyati nomidan iliq tabrik va hurmat so‘zlarini yetkazdi va Hindiston Vitse-prezidenti etib saylangani bilan samimiy tabrikladi hamda yuqori va mas’ul lavozimda muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat davomida 9 iyun kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida o‘tkazilgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi uchrashuvi chog‘ida erishilgan kelishuvlar asosida ikki tomonlama munosabatlarni yana rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek. O‘zbekiston va Hindiston vaqt sinovidan o‘tgan ko‘p asrli do‘stlik rishtalariga ega. Hindiston bilan hamkorlikni rivojlantirish O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

O‘z navbatida Hindiston tomoni Dehli uchun O‘zbekiston bilan munosabatlar ustuvor ekanligi va mamlakatimizga Markaziy Osiyodagi muhim va nufuzli davlat sifatida qarashini tasdiqladi.

Muzokaralarda ko‘p qirrali aloqalarni kengaytirishga hamda tomonlarni qiziqtirgan barcha yo‘nalishlarda aniq natijalarga erishish uchun tomonlar birgalikda faol ishlashga tayyor ekanligi qayd etildi.

Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy kun tartib masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz,
ularni belgilab,
ma’muriyatni xabardor qilish uchun
Ctrl + Enter tugmalarini bosing.