Menyu



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
«Sanoatgeokontexnazorat»
Davlat inspeksiyasi

Chexiya TIV delegatsiyasi bilan uchrashuv

Chop etildi:
01.06.2017



O‘rtoqlashish

2017 yilning 31 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Chexiya Respublikasi tashri ishlar vazirining kichik o‘rinbosari Ivan Yancharekni qabul qildi.

I.Yancharek vazirliklararo maslahatlashuvlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish va Xorazm viloyatiga tashrif buyurish maqsadida mamlakatimizga kelgan.

Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Chexiya hamkorligining hozirgi holati va rivojlantirish istiqbollari hamda xalqaro maydonda, xususan O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi shaklida aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralarda O‘zbekiston va Chexiya prezidentlari o‘rtasidagi maktub almashinuvi nuqtai nazaridan O‘zbekiston-Chexiya muloqotini faollashtirish masalalari, iqtisod, sanoat, fan va texnika sohalarida hamkorlik qilish bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisini o‘tkazish vaqti hamda birgalikdagi boshqa tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.

Shu kunning o‘zida TIVda O‘zbekiston-Chexiya siyosiy maslahatlashuvlarining oltinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Maslahatlashuvlarda ikki tomon kun tartibidagi qator masalalar hamda xalqaro va mintaqaviy muammolar batafsil ko‘rib chiqildi.

Tadbirlarda Chexiya Elchisi Yaroslav Siro ishtirok etdi.

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz,
ularni belgilab,
ma’muriyatni xabardor qilish uchun
Ctrl + Enter tugmalarini bosing.