Menyu



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
«Sanoatgeokontexnazorat»
Davlat inspeksiyasi

BMT delegatsiyasining uchrashuvlari

Chop etildi:
03.03.2017
Manba:
uza.uz



O‘rtoqlashish

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha yordamchisi Miroslav Yencha boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari S.Safoev bilan suhbatda O‘zbekiston va BMT o‘rtasida o‘zaro ishonch va manfaatdorlik hamda ochiq muloqotga asoslangan munosabatlar qaror topgani qayd etildi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning BMT bilan o‘zaro aloqalari tobora kengayib borayotgani, iqtisodiyot, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, ekologiya, madaniyat va ta’lim yo‘nalishlaridagi hamkorlik samaralari alohida qayd etildi.

BMT delegatsiyasi mamlakatimizning turli vazirlik va idoralarida ham uchrashuvlar o‘tkazdi.

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz,
ularni belgilab,
ma’muriyatni xabardor qilish uchun
Ctrl + Enter tugmalarini bosing.