instagram (1)
Размер шрифта:
a
a
a
Ko‘rinish:
ц
ц
ц
Изображения:
Настройки

Samarqandda aholi uchun gazdan foydalanishda yangi qulaylik yaratildi

Samarqand viloyatida aholiga gazdan foydalanishda yangi qulayliklar yaratish uchun joriy yilning 18 avgustida Vazirlar Mahkamasining "Aholi va ijtimoiy soha ob’ektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

— Noxush holatlarning oldini olishda ushbu qarorning e’lon qilinishi ayni muddao bo‘ldi, – deydi "Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspeksiyasi Samarqand mintaqaviy inspeksiyasi boshlig‘i Zohid Sharapov.

– Maishiy gaz ballonlaridan foydalanish hajmi kun sayin oshib borayotgan, sohada muammolar yuzaga kelayotgan bir paytda mazkur qarorda ko‘zda tutilgan vazifalar aholiga qator qulayliklar yaratishi shubhasiz.

Yuqoridagi hujjatda maishiy gaz ballonlaridan xavfsiz foydalanish bo‘yicha ta’minotchi hamda iste’molchining aniq huquq va majburiyatlari ko‘rsatib o‘tilgan.

Mavjud holatlarga rioya etilmagan holatlar uchun javobgarlik belgilanishi ko‘zda tutilgan.

Zohid Sharapovning ta’kidlashicha, ushbu tartib-qoidalar inspeksiya tomonidan tushuntirish-profilaktika tadbirlari orqali targ‘ib etilmoqda.

Shuningdek, yangi hujjatda iste’molchi maishiy gaz balloni uchun ariza yozganidan so‘ng uch kun ichida gaz tarqatish uchastkasi xodimlari arizani o‘rganib chiqishga majburligi, agar suyultirilgan gaz kechikadigan bo‘lsa, yetkazib beruvchi zavodning bu haqdagi xabarnomasi asosida uch kun ichida iste’molchiga xabar berishi lozim deb belgilangan.