instagram (1)
Размер шрифта:
a
a
a
Ko‘rinish:
ц
ц
ц
Изображения:
Настройки

Neft-gaz qazib olish, qayta ishlash va sotish faoliyatiga litsenziya talablari belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Neft-gaz tarmog‘ida litsenziyalash tartibotlarini qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznesni yuritishni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.

Hujjatga ko‘ra, prezidentning “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora- tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 11 apreldagi PF-5409-son farmoni bilan 2018 yil 1 iyundan boshlab quyidagilar nazarda tutilgan:

  • faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi barcha litsenziyalarni (neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash va sotishni amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyalardan tashqari) amal qilish muddati cheklanmagan holda berish tartibini joriy etish;
  • tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ayrim litsenziyalarni va ruxsat berish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirish muddatlarini qisqartirish;
  • faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash bo‘yicha funksiyalarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasidan tegishli davlat organlariga berish;
  • ko‘rsatib o‘tilgan faoliyat turlarini litsenziyalash Komissiyalari tarkibidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi vakillarini chiqarish.
  • Hujjat bilan neft, gaz hamda gaz kondensati qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom;
  • Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ularni ishlatish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom;
  • Neft mahsulotlarini sotish faoliyatini litsenziyalash (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) to‘g‘risidagi nizom;
  • “O‘zdavneftgazinspeksiya”ning Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ishlatish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha komissiyasi tarkibi;

“O‘zdavneftgazinspeksiya”ning Neft mahsulotlarini sotish (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.

Belgilanishicha, Vazirlar Mahkamasi tomonidan neft mahsulotlarini sotish (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) va neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish bo‘yicha oldin berilgan litsenziyalar ularning muddati tugagunga qadar amal qiladi.

“O‘zdavneftgazinspeksiya” ikki oy muddatda ushbu qaror kuchga kirgunga qadar Vazirlar Mahkamasi tomonidan berilgan litsenziyalarni xatlovdan o‘tkazish asosida:

  • neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ishlatish va ularni ta’mirlash;
  • neft mahsulotlarini sotish (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga litsenziya olgan litsenziatlar bilan litsenziya bitimlari tuzilishini ta’minlaydi.
  • Neft, gaz hamda gaz kondensati qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish;

faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish bo‘yicha faoliyat faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.

Litsenziyalarni berish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi qarorlar “O‘zdavneftgazinspeksiya”ning Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ularni ishlatish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.

Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga litsenziya 5 yil muddatga beriladi.

Litsenziya talabgorining arizasiga ko‘ra litsenziya umuman faoliyat turiga yoxud uning bir qismiga berilishi mumkin.

Quyidagilar neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishning litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:

  • a) litsenziat tomonidan neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish sohasidagi qonun hujjatlariga, shuningdek, amaldagi ekologiya, sanitariya, metrologiya, yong‘inga qarshi va texnik normalar, normativlar va qoidalarga rioya etish;
  • b) yuridik shaxs shtatida litsenziyada ko‘rsatilgan faoliyat turi bo‘yicha tegishli ma’lumotga va kamida uch yil ish stajiga eta bo‘lgan rahbarlar va muhandis-texnik xodimlarning, shuningdek, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan xizmat ko‘rsatuvchi texnik xodimlarning mavjud bo‘lishi;
  • v) qazib olinadigan va sotiladigan mahsulot turlariga sifat sertifikatining mavjudligi va amalda ularning sifat sertifikatiga muvofiqligi;
  • g) faoliyatning litsenziyalanayotgan aniq turini amalga oshirish, shu jumladan, tegishli moddiy-texnika bazadan, neft omboridan va yonilg‘i quyish qurilmalaridan, boshqa texnika vositalaridan foydalanish uchun sharoitlarning yaratilganligi;
  • d) litsenziat tomonidan davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlardan foydalanish bilan bog‘liq ishlar bajarilgan hollarda rejim organining mavjudligi;
  • ye) litsenziya talabgoriga mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda tegishli bo‘lgan, litsenziyalanadigan faoliyat turini amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq to‘liq hajmda bajarish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnika bazaning (binolar, xonalar, qurilish mashinalari, mexanizm va transport, asboblar, energetika qurilmalari, nazorat va o‘lchov vositalari, tashkiliy texnika, kompyuterlar) mavjud bo‘lishi.

Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • a) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob-kitob raqamining tartib raqami, litsenziyalanadigan faoliyat turi (yoki uning bir qismi) ko‘rsatilgan holda litsenziya berish to‘g‘risida ariza;
  • b) litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
  • v) litsenziya talabgori xodimlarining litsenziya talablari va shartlariga muvofiq keluvchi malakaga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari, shu jumladan, shtatdagi xodimlarning egallab turgan lavozimlari, ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi, mutaxassisligi bo‘yicha ish staji ko‘rsatilgan ro‘yxati;
  • g) faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan qurilish mashinalari, mexanizmlar va transport, asboblar, elektr qurilmalari, nazorat va o‘lchov vositalari, tashkiliy texnika, kompyuterlarga egalik huquqini yoki boshqa ashyoviy huquqning mavjudligini tasdiqlovchi hujjat;
  • d) “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tarmoq inspeksiyasining litsenziya talabgori moddiy-texnika bazasining mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasiga oid qonun hujjatlariga muvofiqligi, shuningdek, xodimlarning bilimi tekshirilganligi to‘g‘risidagi xulosasi;
  • ye) “O‘zdavneftgazinspeksiya” hududiy bo‘limlarining o‘rnatilgan texnologik jarayonlar va asbob-uskunalarning holati texnik jihatdan tartibga solish bo‘yicha normativ hujjat talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi;
  • j) Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hududiy boshqarmalarining moddiy-texnik bazasi va ishlab chiqarish texnologiyasining tabiatni muhofaza qilish va ekologiya talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi;
  • z) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining yong‘in xavfsizligi hududiy boshqarmalarining moddiy-texnik bazasi va xodimlarning yong‘in xavfsizligi bo‘yicha norma va qoidalarga tayyorgarlik darajasi to‘g‘risida xulosasi.