instagram (1)
Размер шрифта:
a
a
a
Ko‘rinish:
ц
ц
ц
Изображения:
Настройки

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tganlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Mamlakatimizda 9-may – Xotira va Qadrlash kuni keng nishonlanmoqda. Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan bayram tadbirlarida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari dastlab Xotira maydoniga tashrif buyurib, Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 16-apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoni hamda “Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ko‘plab madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan mukofotlar topshirildi. Ularning o‘zlari jang qilgan mamlakatlarga borib-kelishi, sanatoriylarda bepul dam olishi uchun sharoit yaratildi. Ikkinchi jahon urushi va front ortida mehnat qilgan faxriylarga, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oila a’zolariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatildi.

Bugun ushbu tarixiy sana munosabati bilan joylarda bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.