instagram (1)
Размер шрифта:
a
a
a
Ko‘rinish:
ц
ц
ц
Изображения:
Настройки

AJ «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati»da o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

AJ «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» ning «Kauldi» koni injener texnik xodimlari hamda HKQQismi  10-Aloxida Xarbiylashtirilgan kon-qutqarish vzvodi tog‘-kon qutqaruvchilari ishtirokida  maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi «Sanoatgeokontexnazorat» Davlat Inspeksiyasi Xarbiylashtirilgan kon-qutqarish qismi shtabining 2018 yil 5 yanvardagi 5-sonli buyrug‘iga muvofiq, hamda HKQQ bo‘linmalarida 2018 yil uchun maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilishi bo‘yicha tasdiqlangan jadvalga asosan, 2018 yil 14 may kuni  10-Alohida harbiylashtirilgan kon-qutqarish vzvodi tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi AJ “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” “Kauldi” konida maxsus taktik  o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulot natijalariga ko‘ra, AJ “Olmalik kon-metallurgiya kombinati”ning “Kauldi” konida sodir bo‘lgan falokatda yong‘inni bartaraf etish, jabrlanuvchiga o‘z vaqtida tez tibbiy yordam ko‘rsatish hamda xavfsiz joyga olib chiqishda kon-qutqaruvchilari tomonidan tezkor va professional  darajada olib borgan xatti-xarakatlarini yuqori baholagan holda, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati “Kauldi” koni rahbarlari tomonidan 10-AHKQVzvod kon-qutqaruvchilariga o‘z minnadorchiliklarini bildirishdi.