instagram (1)
Размер шрифта:
a
a
a
Ko‘rinish:
ц
ц
ц
Изображения:
Настройки

AKT 2018 yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha ma’lumot

“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumati qaror va farmoyishlarini ijrosini ta’minlash, Umumiy bo‘limda AKTni joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha ikki nafar mas’ul mutaxassislar ish olib boradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasidagi topshiriqlar ijrosi (AKTni joriy qilish va rivojlantirish qismi) bo‘yicha “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasidan kelib tushgan murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash, kundalik nazoratga olish va muammoli masalalarni zarur holda joyida o‘rganish va yechimini topish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PQ-4947-sonli «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoniga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 01.05.2017 yil 02-08-19-sonli hamda 20.06.2017 yildagi 06/09-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Konchilik, sanoat va yadro inspeksiyalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat qo‘mitasining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi loyihasi tayyorlandi va ko‘rib chiqildi. Ushbu loyihada Davlat inspeksiyasining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘limi tashkil qilinishi nazarda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi 355-son “O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytiga qo‘yiladigan asosiy talablar”ga muvofiqlashtirish bo‘yicha “Elektron xukumat” markazi bilan birgalikda ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali 2018 yil I-chorak holatiga ko‘ra Inspeksiya nomiga 8 ta, Yagona interaktiv davlat portalidan 15 ta, Jismoniy va yuridik shaxslardan yozma va og‘zaki murojaatlar 6 ta kelib tushgan hamda ijrosi ta’minlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 13 maydagi 120-son “Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq davlat xizmatlari blanklari va shakllarini inventarizatsiyadan o‘tkazildi va davlat inspeksiyasi tomonidan 30 ta davlat xizmatlari elektron reestrini official2.gov.uz saytiga joylashtirildi. yagona interaktiv xizmatlar portaliga qarorda belgilangan davlat xizmatlari qo‘yildi.

Joriy yil boshida “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi internet tarmog‘iga ulanish tezligi 1024 m/bgacha bo‘lgan. Hozirgi kunga kelib, O‘zbekiston Respublika Prezidenti devoni tomonidan 2017 yil 5 sentabrdagi  04/1-1816–sonli xamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2017 yil 29 avgustdagi 25-8/5703-sonli topshiriq xati bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan Davlat inspeksiyasining markaziy apparati tuzilmalarini yagona tizim manzil: ijro.gov.uz. shu jumladan, talab qilinadigan (Windows7, USB-port, Google, Crome, Tas-IX-5 Mbit/s) E-KALITga tayyor holda keltirish maqsadida ish samaradorligini oshirish maqsadida internet ulanish tezligi Tas-IX-5Mbit/s 5m/bitgacha bo‘lgan tarmoqga ulandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 3 iyundagi 188-sonli qarori ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan davlat xizmatlari reglamentlarini qaytadan tarmoqlar bilan birgalikda ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 dekabrdagi PF-5278-son “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2017 yil 12 dekabrdagi PQ-3430-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifa va tadbirlarning ijrosini ta’minlash yuzasidan “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan, shuningdek, aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimining sifat jihatidan yangi darajaga o‘tishini ta’minlash maqsadida Davlat inspeksiyasi tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” hamda Davlat inspeksiyasining 2018 yil 29 yanvardagi 03/01-27-b-sonli buyrug‘i qabul qilindi va Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligiga muddatlarida doimiy ravishda axborot berilib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 avgustdagi R-5017-sonli farmoyishidan kelib chiqib, “UNICON.UZ” DUK tashkiloti bilan kelishib, raxbar va raxbar o‘rinbosarlariga 35 ta E-KALIT berildi va hozirgi kunga kelib “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining raxbar va raxbar o‘rinbosarlari uchun yaratilgan kalitlar tizimga kirish imkoniyati yaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2750 sonli qarorida belgilangan davlat xizmatlarini “Yagona darcha” tamoyili asosida xizmat ko‘rsatish uchun davlat xizmatlari reglamentlari ishlab chiqilib, kelishish uchun kiritishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 7 avgustdagi 232-sonli “Ochiq ma’lumotlar taqdim etilishi hisobga olingan holda internet tarmog‘i O‘zbekiston Respublikasi hukumat portalini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan har chorakda joylashtirilishi kerak bo‘lgan 1 chorak bo‘yicha ochiq ma’lumotlar to‘plami (ma’lumotlar) data.gov.uz saytiga joylashtirildi va ma’lumotlar yangilandi.

Davlat inspeksiyasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha ish-rejalar, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasida axborot kommunikatsiya texnololgiyalari, “Elektron xukumat” tizimi loyihalari va axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan yillik chora-tadbir rejasini O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan tasdiqlangan ish-rejalari bajarilishi nazoratga olingan.