instagram (1)
Размер шрифта:
a
a
a
Ko‘rinish:
ц
ц
ц
Изображения:
Настройки

Hay’ati kengashining 2018 yil I yarim yilligi ish rejasi

Hay’at kengashida ko‘riladigan masalalar Tayyorlanadigan hujjat Bajarish muddati Bajarish uchun mas’ullar
I. Xavfli ishlab chiqarish ob’ektidan foydalanishga oid sanoat xavfsizligi talablarini bajarilishi holati
1. “O‘zdonmahsulot” AK tarkibiga kiruvchi “Toshkent don mahsulotlari” AJ, “Bog‘dod don mahsulotlari” AJ va “Quva don mahsulotlari” AJ korxonalari tomonidan sanoat xavfsizligi sohasidagi qonun va qonun osti hujjatlari talablarini bajarilishini o‘rganish va nazorat-profilaktika tadbiri natijalari tahlili. Hay’at majlisi qarori loyihasi 2018yil fevral Tarmoq inspeksiyasi boshlig‘i A.Mamajonov vadavlat inspektorlari
2. O‘zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasiga qarashli “Xondiza geologiya qidiruv ekspeditsiyasi” DUK ob’ektlarida sanoat xavfsizligiga oid qonun hujjatlari va normativ- texnik hujjatlar talablariga rioya etilishini o‘rganish va nazorat- profilaktika tadbiri natijalari tahlili. Hay’at majlisi qarori loyixasi 2018 yil mart D.B. Shadiev va barcha tarmoq inspeksiyasi xodimlari
3. “O‘ztransgaz” AJ Buxoro viloyati bo‘yicha gaz ta’minoti hududiy filialining shahar-tumanlararo gaz ta’minoti uchastkalari tomonidan “Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonuni talablari bajarilishi xamda “O‘ztransgaz” AJ korxonalarida bo‘lib o‘tgan baxtsiz xodisalar sabablari bo‘yicha maxsus tekshiruv komissiyalari tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish va baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida belgilangan chora tadbirlar bajarilishini o‘rganish va nazorat-profilaktika tadbiri natijalari tahlili. Hay’at majlisi qarori loyihasi 2018 yil aprel Tarmoq inspeksiyasi rahbarlari X. Yusupov S.Agzamov va davlat inspektorlari
4. O‘zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasiga qarashli “Markaziy O‘zbekiston geologik tasvirlash-izlash ekspeditsiyasi” DK ob’ektlarida sanoat xavfsizligiga oid qonun hujjatlari va normativ-texnik hujjatlar talablariga rioya etilishini o‘rganish va nazorat-profilaktika tadbiri natijalari tahlili Hay’at majlisi qarori loyixasi 2018 yil aprel D.B. Shadiev va barcha tarmoq inspeksiyasi xodimlari
5. “O‘styurtgaz” MChJda sanoat xavfsizligi va yer osti boyliklari to‘g‘risidagi Qonun va qonun osti hujjatlari hamda normativ-xuquqiy va normativ-texnik hujjatlarga rioya etish holatini o‘rganish. Hay’at majlisi qarori loyihasi 2018 yil may Tarmoq inspeksiyasi boshlig‘iB.A. Alimov va davlat inspektorlari
6. “Bekabodsement” AJ va “Karbonat” AJ ob’ektlarida “Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonuni talablari, normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlarni ijrosi hoyatini va belgilangan xavfsizlik talablariga muvofiqligini o‘rganish. Hay’at majlisi qarori loyihasi 2018 yil may Tarmoq inspeksiyasi rahbarlari B.I. Xalmatov, N.I. Boliev va davlat inspektorlari
7. Jizzax va Samarqand viloyatlaridajoylashgan “Agrokimyoximoya” AJ tasarrufidagi korxonalarda sanoat xavfsizligi soxasida qonun va qonun osti hujjatlari va xavfli yuklarni quyish va tashish qoidasi talablarini bajarilishini o‘rganish va nazorat-profilaktika tadbir natijalari tahlili. Hay’at majlisi qarori loyihasi 2018 yil iyun Tarmoq inspeksiyasi rahbarlari X.F. Toshmuxamedov va davlat inspektorlari
8. “O‘zkimyosanoat” AJ tarkibiga kiruvchi “Farg‘onazot” aksiyadorlik jamiyati toifalangan ob’ektlarining “Havfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonuni talablari, normativ-yuridik va normativ-texnik hujjatlarni ijrosi holatini va belgilangan havfsizlik talablariga muvofiqligini tahlillari asosida baxtsiz hodisalarni oldini olish yuzasidan olib borilayottan ishlarini o‘rganish va nazorat-profilaktika tadbir natijalari tahlili. Hay’at majlisi qarori loyihasi 2018 yil iyun Tarmoq inspeksiyasi raxbarlari S.P.Sagdiev A.B.Abdusalamov va davlat inspektorlari
II. Davlat inspeksiyasining tarkibiy tuzilmalarida qabul qilingan qonun hujjatlari talablari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Hukumat hujjatlari va topshiriqlarining o‘z vaqgida bajarilishini ta’minlash, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar murojatlari bilan ishlash masalalari ijrosini o‘rganish
9. 2017 yilda “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikka rioya etilishi ahvoli to‘g‘risidagi yuridik bo‘lim hisoboti. Hay’at majlisi qarori loyihasi 2018 yil yanvar Yuridik bo‘lim boshlig‘i N.Omonova
10. Davlat inspeksiyasining Farg‘ona, Andijon, Namangan mintaqaviy inspeksiyasida qabul qilingan qonun xujjatlari talablari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Xukumat hujjatlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar murojatlari bilan ishlash masalalari ijrosini o‘rganish Hay’at majlisi qarori loyihasi 2018 yil may Hay’at a’zolari va tegishli tuzilma rahbarlari