instagram (1)
Размер шрифта:
a
a
a
Ko‘rinish:
ц
ц
ц
Изображения:
Настройки

«Yadroviy va radiatsiyaviy ob’ektlarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlikni ta’minlash» mavzusida milliy seminar

Davlat Rahbariyati topshirig‘iga asosan «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi Xalqaro atom energiyasi agentligi bilan hamkorlikda 26-29 mart kunlari Toshkent shahrida «Yadroviy va radiatsiyaviy ob’ektlarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlikni ta’minlash» mavzusida milliy seminar o‘tkazmoqda.
Seminarning maqsadi radioaktiv va yadroviy materiallar foydalaniladigan ob’ektlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan noxush xodisalar va avariyalarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni tashkil qilishda ko‘maklashishdir.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi, «Navoiy kon metallurgiya kombinati» davlat korxonasi, «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» Aksiyadorlik jamiyati va Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti xodimlari ishtirok etmoqdalar.
Shuningdek, ma’ruzachi sifatida Janubiy Koreya, AQSh va Ukrainalik Xalqaro atom energiyasi agentligi xodimlari va ekspertlari qatnashmoqdalar.