instagram (1)
Размер шрифта:
a
a
a
Ko‘rinish:
ц
ц
ц
Изображения:
Настройки

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligining sanoat havfsizligi masalasi bo‘yicha XVI yig‘ilishi

2001 yil 28 sentabrda Hamdo‘stlik mamlakatlari orasida xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida sanoat xavfsizligi sohasida hamkorlik qilish uchun Davlatlararo sanoat xavfsizligi kengashi tashkil etildi.

Sanoat xavfsizligi bo‘yicha tuzilgan Davlatlararo kengash, xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida sanoat xavfsizligi sohasi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni amalga oshiruvchi tuzilma hisoblanadi.

MDH sanoat xavfsizligi kengashining asosiy faoliyat yo‘nalishlari:

  • xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligini ta’minlash sohasida muvofiqlashtirilgan siyosatni amalga oshirish;
  • hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha dasturlar va rejalarini qabul qilish, normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlarni tartibga solish, xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi sohasida davlat nazorati,  ruhsat etish  tamoillari faoliyatini ta’minlash;
  • Hamdo‘stlik davlatlari bilan kelishilgan xolda  sanoat xavfsizligi sohasini huquqiy tartibga solish va xalqaro standartlar va talablarni ta’minlanishini shafofligini ta’minlash hamda bo‘lishi mumkin bo‘lgan noxush xodisa va avariyalarni  oldini olish;
  • xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya va baxtsiz hodisalar sabablari oqibatlari axborot almashinuvi shuningdek tahliliy va statistik materiallar ta’minlash.

2018 yilning 3-4 sentabr kunlari Armaniston Respublikasi saxkadzor shahrida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligining sanoat havfsizligi masalasi bo‘yicha navbatdagi XVI yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi unda O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi (“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi Davlat nazorati boshqarmasi boshlig‘i muovini) ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi havfli ishlab chiqarish ob’ektlarida sanoat havfsizligi talablarini bajarilishi yuzasidan tajriba almashinilib 16 masala ko‘rib chiqildi.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi sanoat xavfsizligi bo‘yicha XVI yig‘ilishida kuzatuvchisi sifatida ishtirok yetish MDH mamlakatlarining xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari sanoat xavfsizligi talablari bo‘yicha qabul qilingan hujjatlari, nizomlari, tavsiyalari bilan tanishishda, shuningdek, qo‘shni MDH mamlakatlarining mutaxassislari bilan aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.