Menyu



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
«Sanoatgeokontexnazorat»
Davlat inspeksiyasi

Savol - javob

avfli ishlab chiqarish ob’ektlari nima uchun identifikatsiya qilinadi?

Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini identifikatsiyalash xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari davlat reestrida hisobga olish, shuningdek xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazganlik uchun xavfli ishlab chiqarish ob’ektlaridan foydalanayotgan tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish maqsadida amalga oshiriladi.

Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini identifikatsiyalash sanoat xavfsizligi ekspertizasi doirasida xavfli ishlab chiqarish ob’ektlaridan foydalanayotgan tashkilot yoki ekspert tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.

Sanoat xavfsizligi ekspertizasi nima?

1. Ushbu Nizom «Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida»gi O‘zbekis ton Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq Sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimi ning (keyingi o‘rinlarda «Ekspertiza tizimi» deb ataladi) asosiy vazifalari, tashkil etilishi, qatnashchilari tarkibini va uning asosiy funksiyalarini belgilaydi.

2. Ushbu Nizom avariya va jarohatlanish bo‘yicha ma’lumotlar tahlili samaradorligini oshirishga, avariyalar kelib chiqishi va ularning oqibatlari sabablarini belgilaydigan qonuniyatlar va omillarni tadqiq etishga, avariya jarayonlarini modellashtirishga, xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligini asosli prognozlashtirish maqsadida sanoat xavfsizligi sohasidagi xalqaro me’yorlar va talablarni qo‘llashga yo‘naltirilgan.

3. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi: sanoat xavfsizligi ekspertizasi (keyingi o‘rinlarda «ekspertiza» deb ataladi) - ekspertiza ob’ektining unga qo‘yiladigan sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholash; ekspertiza ob’ektlari - xavfli ishlab chiqarish ob’ektidagi loyiha hujjatlari, texnika qurilmalari, binolar va inshootlar, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi va xavfli ishlab chiqarish ob’ektidan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlar sanoat xavfsizligi ekspertizasidan o‘tkaziladi; ekspertiza akkreditatsiyadan o‘tgan ekspert tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi Sanoat xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi «Sanoatgeokontexnazorat» davlat nspeksiyasi.

Sanoat xavfsizligi talablari nimalardan iborat?
Sanoat xavfsizligi talablari qonun hujjatlarida, shuningdek normativ texnik hujjatlarda nazarda tutilgan shartlar, taqiqlar, cheklashlar va boshqa majburiy talablar bo‘lib, ularga rioya etilishi sanoat xavfsizligini ta’minlaydi.
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish uchun ruxsatnoma yoki ruxsatnoma xuquqini beruvchi qanday xujjat talab qilinadi?
Tadbirkor tomonidan «Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi» uchun litsenziya olishi talab qilinadi.
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish kim tomonidan amalga oshiriladi?
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1-ilovaga muvofiq tuzilgan Komissiyasi amalga oshiradi.
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Komissiyasining ishchi organi vazifasi kimga yuklatilgan?
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Komissiyasining ishchi organi vazifasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi zimmasiga yuklatilgan.
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish qaysi qarorga muvofiq amalga oshiriladi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.05.2011 yil №PQ-1524-sonli «Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi» qaroriga muvofiq.
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Komissiyasi raisi kim?
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Komissiyasi raisi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir 1 o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklatilgan.
Geologik o‘rganishlar uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish xuquqiga litsenziya olingandan keyin, foydali qazilma konlarida izlash, baholash va chamalab-qidirish ishlari kimning sarmoyasi hisobiga olib boriladi?
Geologik o‘rganishlar uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish xuquqiga litsenziya olgandan keyin tadbirkor tavakkal xavfi sharoitida noruda foydali qazilma konlarida izlash, baholash va chamalab-qidirish ishlarini yerdan foydalanuvchining o‘z sarmoyasi hisobiga olib boriladi.
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ishlab chiqilgan «Yiriklashtirilgan texnik iqtisodiy xisob» loyixasini (ekspert xulosasi) kelishish muddatlari?
«Yiriklashtirilgan texnik iqtisodiy xisob» loyixasini (ekspert xulosasi) kelishish muddatlari taqdim etilgan vaqtdan boshlab bir vaqtning o‘zida, ikki xafta (14 kun) muddatda amalga oshiriladi.
 
Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz,
ularni belgilab,
ma’muriyatni xabardor qilish uchun
Ctrl + Enter tugmalarini bosing.