instagram (1)
Размер шрифта:
a
a
a
Ko‘rinish:
ц
ц
ц
Изображения:
Настройки

Nurullaev Asliddin Ziyadulloevich

Nurullaev Asliddin Ziyadulloevich

Lavozimi

Navoiy Mintaqaviy inspeksiya boshlig‘i

(8-436) 229-25-43

(8-436) 229-26-89

navoiy@sgktn.gov.uz

Biografiya

1982 yil 24 may kuni Navoiy viloyati Karmana tumanida tug‘ilgan;

2000–2005 — Navoiy Davlat konchilik institutini «Elektroenergetika» mutaxassisligi bo‘yicha ta’momlagan;

2002–2005 — ish faoliyatini Navoiy Davlat konchilik institutining xaydovchisi lavozimida boshlagan;

2005–2007 — «Oqtosh meva» QKda teplotexnik lavozimida ishlagan;

2008–2011 — «Sanoatgeokontexnazorat» Davlat inspeksiyasining “Bug‘ qozonlari va ko‘tarish inshoatlarini nazorat qilish inspeksiyasining” Navoiy mintaqaviy inspeksiyasi davlat inspektori lavozimida ishlagan;

2011–2017 — «Sanoatgeokontexnazorat» Davlat inspeksiyasining Navoiy mintaqaviy inspeksiyasi boshliq muovini;

2017 — «Sanoatgeokontexnazorat» Davlat inspeksiyasining Navoiy mintaqaviy inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda.

Funksiyalari

  • Yuridik va jismoniy shaxslarning sanoat va radiatsiya xavfsizligi, gaz ta’minoti, yer qa’rini geologik o‘rganishda foydalanish va ularni muhofaza qilish, foydali qazilmalarni qazib olish, mineral xom ashyoni qayta ishlash, shuningdek kon ishlarini geologiya-marksheyderlik xizmati bilan ta’minlash sohasidagi qonun hujjatlari va normativ-texnik hujjatlar talablariga rioya qilishlari yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
  • Sanoat va radiatsiya xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek tog‘-kon nazorati sohasida profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • Gaz xo‘jaligi tizimida hamda ko‘p kvartirali turar joylar va respublikaning kommunal-maishiy ob’ektlarini gaz     ta’minotida xavfsizlik ta’minlanishini nazorat qilish;
  • «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha me’yoriy-huquqiy va me’yoriy-texnik hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
  • Sanoat xavfsizligi ekspertizasi, sanoat xavfsizligi sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimlarini joriy etish hamda ularning faoliyati va rivojlantirilishini ta’minlash;