instagram (1)
Размер шрифта:
a
a
a
Ko‘rinish:
ц
ц
ц
Изображения:
Настройки

Musaev Botir Qaxxorovich

Musaev Botir Qaxxorovich

Lavozimi

Kimyoviy va bakteriologik qurollarni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiyaning ijrosini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i

+998 (71) 244-19-54

+998 (71) 244-21-22

ozho@sgktn.uz

Biografiya

1954 yil 13 aprel kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan;

1971–1976 — Toshkent Politexnika institutining muxandis – texnolog mutaxassisligi bo‘yicha ta’momlagan;

1976–1979 — ish faoliyatini Paxta sellyulozasi kimyo texnologiya institutida injener texnolog lavozimida boshlagan;

1979–1991 —  ish faoliyatini  O‘rta Osiyo neftni qayta ishlash ilmiy tekshirish institutida kichik ilmiy xodim, ilmiy xodim lavozimlarida davom ettirgan;

2000 — «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasining  Kimyoviy va bakteriologik (biologik) qurollarni ta’qiqlash Konvensiyasining ijrosini nazorat qilish tarmoq inspeksiyasining boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda.

Funksiyalari

  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ko‘rib chiqishi uchun milliy qonunchilikni Konvensiyani imzolash paytida qabul qilingan xalqaro majburiyatlarga muvofiq holga keltirish uchun uni o‘zgartirish (qo‘shimchalar kiritish) to‘g‘risida takliflar kiritish;
  • e’lon qilinishi va tekshirilishi kerak bo‘lgan sanoat korxonalari ro‘yxatini aniqlash masalalari bo‘yicha vazirliklar va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • Konvensiya a’zolari bo‘lgan davlatlarning ana shunday milliy organlari bilan mustahkam o‘zaro aloqa qilish;
  • axborot to‘plash, umumlashtirish, tahlil qilish va belgilangan tartibda Konvensiya a’zolari bo‘lgan davlatlar tashkilotining texnik kotibiyatiga berish;
  • Konvensiya doirasida amalga oshiriladigan tekshirishlarni o‘tkazishda qatnashish yoxud unga har tomonlama ko‘maklashish;
  • Konvensiya qatnashchilari bo‘lgan davlatlarga nisbatan kimyoviy qurol qo‘llanilgan yoki qo‘llash xavfi tug‘ilgan taqdirda Konvensiya a’zolari bo‘lgan davlatlarni yoki davlatlar guruhiga yordam ko‘rsatish, zarurat bo‘lganda ularni himoya qilish.