instagram (1)
Размер шрифта:
a
a
a
Ko‘rinish:
ц
ц
ц
Изображения:
Настройки

Alimov Baxrom Alimovich

Alimov Baxrom Alimovich

Lavozimi

Neft va gaz sanoatini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i

+998 (71) 244-09-27

+998 (71) 244-24-53

neft-gaz@sgktn.uz

Biografiya

1951 yil 22 oktabrda Toshkent viloyati Qibray tumanida tug‘ilgan;

1968–1973 — Toshkent Politexnika institutining neft va gaz konlarini qidirish va geologiya-razvedka ishlari mutaxassisligi bo‘yicha ta’momlagan;

1973–1974 — «O‘zbekneftegazgeologiya» Ishlab chiqarish birlashmasida geolog lavozimida boshlagan;

1974–1980 —  «O‘zbekneftegazqidiruv» Ishlab chiqarish birlashmasida geolog, katta geolog;

1983–1993 — «O‘zbekburgaz» Ishlab chiqarish birlashmasida burg‘ulash trestining bo‘limi boshlig‘i;

1993–2005 — «O‘zneftegazqazibchiqarish» Davlat aksiyadorlik jamiyatida gaz qazib olish bo‘yicha yetakchi muxandis, ishlab chiqarish dispetcherlik xizmati boshlig‘i, markaziy ishlab chiqarish dispetcherlik xizmati boshlig‘i;

2005–2010 — «O‘zgeoburg‘uneftgaz» Aksiyadorlik kompaniyasi tasarrufidagi  «Qashqadaryoparmalashishlari» ochiq aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi;

2010 — «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi Neft va gaz sanoatini nazorat qilish tarmoq inspeksiyasi boshlig‘i;

Funksiyalari

  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi asosiy qoidalarini, fuqarolik, ma’muriy, mehnat, jinoiy Kodekslarni, o‘z vakolati doirasida qonunchilikning xavfsizlik texnikasi, yer osti boyliklarini muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi soxasiga tegishli bo‘lgan asosiy talablarini bilishi;
  • Neft va gaz sanoati tasarrufidagi ob’ektlar holatini, istiqbolli strukturalarni qidirish, burg‘ilash, uglevodorodlarni qazib olish, magistral o‘tkazgichquvurlar bo‘ylab gaz va neftni transportirovkalash, neftmahsulotlarini saqlash, ular bilan ta’minlashni, nazorat osti ob’ektlardagi xodimlarning bilim darajasini hamda sanoat xavfsizligi va yer osti boyliklarini muhofaza qilishga doir talablarni bilishi;
  • Sanoat xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi masalalariga doir rahbariy ko‘rsatmalarni ijrosi bo‘yicha tarmoq inspeksiyasi ishini uyushtirishi;
  • Sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa va avariyalar sabablarini tekshirishni uyushtirishi yoki o‘zi tekshirishi, neft va gaz sanoati ob’ektlarida ro‘y bergan noxushliklarni hisobga olib borish va sabablarini taxlil qilish, ish bajarishda xavfsizlik qoidalari buzilishi holatlarini, xavfsizlikni ta’minlashga oid tadbirlarning bajarilmaganligiga oid faktorlarni aniqlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishni korxona rahbaridan talab qilishni belgilangan tartibda amalga oshirishi;
  • Neft va gaz sanoatida nazorat osti ob’ektlarda sanoat xavfsizligi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yozma topshiriqlar, ish rejalar shuningdek, mehnatning xavfsiz sharoitini ta’minlashga doir tadbirlarning bajarilishini nazorat qilishi;
  • Nazorat osti ob’ektlar rahbarlari qonunchilik, sanoat xavfsizligi, yer osti boyliklarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga doir me’yoriy-texnik va boshqa hujjatlarni bilishlarini, belgilangan tartibda tekshirib turishi;
  • Ish bajarishda ro‘y bergan shikastlanishlar va xavfsizlik qoidalarining buzilishlarini tahlil qilish asosida davlat inspektorlari takliflarini hisobga olgan holda, neft va gaz sanoati ob’ektlarida ishlarni xavfsiz bajarishga doir takliflar berishi;
  • Tarmoq inspeksiyasi xodimlari qilgan tahliliy ishlar natijalarini umumlashtirib davlat nazorati usullarini takomillashtirishga doir takliflar tayyorlashi va kiritishi;
  • Regional (hududiy) inspeksiyalardagi tarmoq davlat inspektorlari faoliyatini muvofiqlashtirishi;
  • Mohiyati bo‘yicha bir biriga yaqin masalalar bo‘yicha tarmoq inspeksiyalar bilan hamkorlik qilishi;
  • O‘zining malakasi va texnik bilimlarini muntazam ravishda oshirib borishi;
  • Nazorat osti ob’ektlar xodimlariga sanoat xavfsizligi holati, yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish, ob’ektlardagi shikastlanish va avariyalarning oldini olishga doir chora–tadbirlar haqida axborot berilishini uyushtirishi va nazorat qilishi, shuningdek sanoat xavfsizligi hamda yer osti boyliklarini muhofaza qilishga doir talablarni so‘zsiz bajarilishi zarurligini tashviqot qilishi;
  • O‘z xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishi;
  • Belgilangan tartibda, o‘z vakolati doirasida boshqa texnik nazorat organlari bilan hamkorlikni va ish yuzasidan samarali yozishmalarni amalga oshirishi;
  • «Sanoatgeokontexnazorat» DI Davlat nazorati boshqarmasiga va boshqa bo‘linmalariga o‘z vaqtida hisobotlar va boshqa axborotlar berilishini nazorat qilishi;