instagram (1)
Размер шрифта:
a
a
a
Ko‘rinish:
ц
ц
ц
Изображения:
Настройки

Madraximov Adxamjon Axmadjonovich

Madraximov Adxamjon Axmadjonovich

Lavozimi

Moliya-iqtisodiyot bo‘limi boshlig‘i

+998 (71) 244-24-13

+998 (71) 244-21-22

a.madraximov@sgktn.uz

Biografiya

Funksiyalari

  • Byudjet tashkilotlari  byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha buxgalteriya (Moliya iqtisodiyot bulimi) hisobini (keyingi o‘rinlarda buxgalteriya(MIB) hisobi deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuniga, ushbu yo‘riqnomaga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tashkil qiladilar.
  • Inspeksiyaning rahbari inspeksiyada buxgalteriya(MIB) hisobini tashkil qilinishini hamda to‘liq va aniq yuritilishini, moliya-xo‘jalik operatsiyalarini nazorat qilish tartibini, hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilishini, shuningdek, buxgalteriya(MIB) hujjatlarining saqlanishi ta’minlanishi shart.
  • Inspeksiyaning rahbari va bosh hisobchisi (Moliya iqtisodiѐt bo‘limi boshlig‘i), hisobchilari, buxgalteriya(MIB) xizmatining rahbarlari (keyingi o‘rinlarda bosh hisobchi(MIB boshlig‘i) deb yuritiladi) o‘zlarining tizimidagi tashkilotlarda buxgalteriya (MIB) hisobini yuritilishini va moliyaviy hisobotlarni to‘g‘ri tuzilishini muntazam nazorat qilib turadilar (agar qonunchilikda boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa).
  • Bosh hisobchi (MIB boshlig‘i) boshchilik qiladigan tashkilotning buxgalteriyasi (MIB) mustaqil tarkibiy bo‘linma hisoblanadi va tashkilotning boshqa biron-bir bo‘linmasi tarkibiga kiritilishi taqiqlanadi.
  • Inspeksiya bosh hisobchisi (MIB boshlig‘i) bevosita mazkur tashkilot rahbariga, buxgalteriya(MIB) hisobini yuritish, hisobotlarni tuzish va taqdim qilish masalalari bo‘yicha esa, agar qonunchilikda boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, yuqori tashkilot bosh hisobchisiga ham bo‘ysunadi hamda tashkilotda buxgalteriya hisobini yuritilishiga, moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida va to‘liq topshirilishiga hamda ushbu yo‘riqnoma, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarilishiga javobgar bo‘ladi.
  • Bosh hisobchi (MIB boshlig‘i) bo‘lim xodimlari uchun xizmat vazifalarini har bir xodim uchun alohida belgilaydi. Bulimda xizmat vazifalari funksional belgilarga qarab taqsimlanadi, ya’ni xodimlarning har bir guruhiga ѐki alohida bir xodimga ishning hajmiga qarab, ma’lum bir soha biriktiriladi.
  • Inspeksiya bosh hisobchisi (MIB boshlig‘i) lavozimga tayinlanishida va undan ozod etilishida belgilangan tartibda inspeksiya rahbarining buyrug‘iga muvofiq tuzilgan komissiya tomonidan qabul qilish-topshirish kunida hisob, hisobot va arxiv hujjatlarining  holatini ko‘rsatgan holda buxgalteriya(MIB) ishlarini qabul qilish- topshirish to‘g‘risidagi dalolatnoma tuziladi.
  • Zarur hollarda, ushbu komissiya tarkibiga yuqori tashkilot hamda tegishli moliya
  • Organlari bilan kelishilgan holda ularning vakillari ham kiritilishi mumkin.