instagram (1)
Размер шрифта:
a
a
a
Ko‘rinish:
ц
ц
ц
Изображения:
Настройки

Jo‘raev Shuxrat To‘raevich

Jo‘raev Shuxrat To‘raevich

Lavozimi

Davlat nazorati boshqarmasi boshlig‘i

+998 (71) 244-09-28

+998 (71) 244-13-18

sh.juraev@sgktn.uz

Biografiya

1963 yil 23 sentabrda Angren shaxrida tug‘ilgan;

1984–1990 — Toshkent politexnika institutini “Foydali qazilma konlarini yer ostida kovlab olish ishlarining texnologiyasi va kompleks mexanizatsiyalashtirish” mutaxassisligi bo‘yicha ta’momlagan;

1981–1987 — «Sredazugol»   Sanoat birlashmasining:

  • «Angren razrezi»da 4-razryadli kon ishchisi;
  • «Angren razrezi»da  2-razryadli temir yo‘l manteri;
  • «Angren razrezi»da 3-razryadli temir yo‘l manteri;
  • «9-son shaxtasi»da 2-3 razryadli yer osti elektrchilangari;

1987–1996 — «Uzbekko‘mir» Sanoat birlashmasining «Angren razrezi»ning 1-son  qazib chiqarish uchastkasida 3-toifali elektrchilangar, kon ishlab chiqarish ustasi,  uchastka boshlig‘i o‘rinbosari;

1996–2002 — Angren kon-texnik inspeksiyasining bosh mutaxassisi, «O‘zsanoatkontexnazorat» Davlat Qo‘mitasi ko‘mir, kon-ruda va noruda sanoatini nazorat qilish inspeksiyasining boshlig‘i muovini;

2002–2013 — «Olmaliq KMK» OAJning Texnika xavfsizligi, mexnat va atrof-muxit muxofaza qilish bo‘yicha texnik direktor o‘rinbosari - bo‘lim boshlig‘i, Texnika xavfsizligi va mexnatni   muxofaza qilish bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i, Tog‘-kon, geologorazvedka va transport yo‘nalishlari bo‘yicha texnika xavfsizligi va mexnatni   muxofaza qilish bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari;

2013 — yildan xozirgi kungacha - «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasining Davlat nazorat boshqarmasi boshlig‘i.

Funksiyalari

  • Tarmoq va mintaqaviy inspeksiyalarning nazorat-profilaktika ishlarini tashkillashtirish va hisobotlarni yuritishda amaliy yordam ko‘rsatish.
  • Tegishli tarmoq inspeksiyalarining ish rejalarini Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashi tasdiqlashi uchun tayyorlashda, choraklik, yarim yillik va yillik hisobotlarni olib borishda ko‘maklashish.
  • Davlat inspeksiyasining yakuniy hisobotlarini tarmoq inspeksiyalari bilan hamkorlikda tayyorlab, yuqori tashkilotlarga chiqarish.
  • Davlat inspeksiyasi topshiriqlari bajarilishini nazorat qilish.
  • Davlat inspeksiyasining kengaytirilgan majlislariga ma’ruza, ma’lumotlar tayyorlash.
  • Davlat inspeksiyasi faoliyatiga oid kelib tushgan vazirlik, idora, tashkilot, muassasa va fuqarolarning savollari, xatlar va so‘roqlarga javob tayyorlash.
  • Boshqarma xodimlarining ushbu yo‘riqnomada belgilangan lavozimiy majburiyatlarini bajarishlari ustidan nazorat.