instagram (1)
Размер шрифта:
a
a
a
Ko‘rinish:
ц
ц
ц
Изображения:
Настройки

«Sanoatgeokontexnazorat» Davlat inspeksiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda
ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

O‘z faoliyatini vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi, xalqaro bitimlar asosida boshqa davlatlarning davlat nazorat organlari bilan o‘zaro ish olib boradi va hamkorlik qiladi.
Sanoat va radiatsiya xavfsizligi, kon munosabatlari, yer qa’ridan foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha o‘z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiydir.

«Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi, uning tarmoq va mintaqaviy inspeksiyalari O‘zbekiston Respublikasining sanoat xavfsizligi sohasidagi davlat boshqaruvi organlarining yagona tizimini tashkil etadi.

Mintaqaviy inspeksiyalar mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqil hisoblanadi va bevosita
«Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasiga bo‘ysunadi