instagram (1)
Размер шрифта:
a
a
a
Ko‘rinish:
ц
ц
ц
Изображения:
Настройки

«Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi baxolash mezonlari to‘g‘risidagi NIZOM

Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 maydagi «Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli ximoya qilinshni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4725-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida»gi, «Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida»gi, «Yer osti boyliklari to‘g‘risida»gi, «Mexnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi, «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi, «Chiqindilar to‘g‘risida»gi, «Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida»gi «Tabiatni muxofaza qilish to‘g‘risida»gi va «Ekologik nazorat to‘g‘risida»giqonunlari xamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2752-son «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2011 yil 11 maydagi «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasihuzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tuzilmasini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 131-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilib, tadbirkorlik sub’ektlarida o‘tkazilgan profilaktika ishlarining samaradorligi asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasihuzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Davlat inspeksiyasi deb ataladi) mansabdor shaxslari faoliyatini baxolash tartibini belgilaydi.

Tadbirkorlik sub’ektlarida profilaktika ishlari ular tomonidan amaldagi qonun xujjatlari va ularga kiritilayotgan o‘zgartirishlarni tushuntirish xamda ushbu sub’ektlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida»gi, «Yer osti boyliklari to‘g‘risida»gi, «Mexnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi, «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi, «Chiqindilar to‘g‘risida»gi, «Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida»gi, «Tabiatni muxofaza qilish to‘g‘risida»gi va «Ekologik nazorat to‘g‘risida»gi qonunlar talablari buzilishini oldini olish, ular faoliyatidagi kamchiliklarni tekshirishgacha bartaraf etilishini ta’minlash maqsadida o‘tkaziladi.

Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlarida profilaktika ishlari mintaqaviy va tarmoq inspeksiyalar tomonidan tashkil etiladigan «Ochiq eshiklar kuni», seminar va boshqa tadbirlar orqali yoki «Ishonch telefonlari», ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilish orqali o‘tkazilishi mumkin.

Joylarga chiqqan xolda o‘tkaziladigan profilaktika ishlari bilan birinchi navbatda faoliyatini yangidan boshlagan yoki faoliyati davomida qonunbuzilish xolatlariga yo‘l qo‘yish extimoli bor, xususan sanoat va radiatsiya xavfsizligi, yer qa’ridan foydalanish va ularni muhofaza qilishga doirqonun hujjatlari va normativ-texnik hujjatlar talablari yuzasidan kamchilik aniqlangan sub’ektlarda o‘tkazilishi lozim.

NIZOM
3.9 MB