instagram (1)
Размер шрифта:
a
a
a
Ko‘rinish:
ц
ц
ц
Изображения:
Настройки

«Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi xodimlari o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha idoraviy nazorat olib borish Tartibi

I. Umumiy qoidalar 

  1. Ushbu Tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2752-son qarori bilan tasdiqlangan “2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va inspeksiyada tasdiqlangan “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ish rejasiga muvofiq davlat inspeksiyasi xodimlari o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha idoraviy nazorat olib borish tartibini belgilash maqsadida ishlab chiqilgan. 
  1. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi xodimlari o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha idoraviy nazorat olib borish Inspeksiyada boshlig‘i tomonidan belgilanadigan mas’ul xodimlar tomonidan olib boriladi. 
  1. Idoraviy nazorat olib borishda mas’ul bo‘lgan xodimlar oliy ma’lumotga ega, kasbiy, axloqiy-ruhiy va jismoniy jihatdan tayyorgarlik ko‘rgan, huquqbuzarliklarning shakllari va usullarini biladigan shaxslardan belgilanadi.

II. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi xodimlari o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha idoraviy nazorat olib borish tartibi 

  1. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi xodimlari o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha idoraviy nazorat olib borish quyidagi tartiblarda amalga oshiriladi:
  • inspeksiya xodimlari o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha idoraviy nazorat olib borishning (keyingi o‘rinlarda matnda idoraviy nazorat deb yuritiladi)  sifat jihatidan tartib o‘rnatilishi, bunda har bir xodimning asosiy vazifalari, funksiyalari hamda javobgarligini aniq belgilash;
  • idoraviy nazorat olib borishda bo‘limlarning o‘zaro yaqin hamkorlikda tashkil etishga, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishni ta’minlashga, xodimlarning huquqiy madaniyatni yuksaltirishga, ularga qonunlarga hurmat va qonun buzilishining har qanday ko‘rinishiga murosasizlik munosabatini singdirishga qaratish;
  • idoraviy nazorat olib borishda xodimlarni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida qarashlari, ularni terrorizm, diniy ekstremizm va shafqatsizlik g‘oyalaridan himoyalashga yo‘naltirilgan holda rivojlantirish;
  • idoraviy nazorat olib borishda xodimlarning zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarning talab darajasida bajarilishi uchun shaxsiy javobgarligini kuchaytirish;
  • idoraviy nazorat olib borishda xodimlar tomonidan qonuniylik va qonun hujjatlari talablariga so‘zsiz rioya etilishining ta’minlash;
  • idoraviy nazorat olib borishda xodimlarni faoliyati samaradorligini baholashning ta’sirchan mezonlarini joriy etish;
  • idoraviy nazorat olib borishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etish. 
  1. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi xodimlari o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha idoraviy nazorat o‘rnatishda mas’ul bo‘lgan xodimlar o‘z faoliyatlarini ilg‘or texnik vositalar va axborot kommunikatsiya vositalarini joriy etgan xolda olib boradilar va  har chorakda olib borgan ishlari bo‘yicha Inspeksiya raxbariyatiga hisobot beradilar. 
  1. Inspeksiyada idoraviy nazorat olib borishda mas’ul bo‘lgan xodimlarning hisobotlari yakunlariga ko‘ra ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan ko‘rilayotgan choralar va ish natijalari tanqidiy muhokama qilinadi hamda ularning faoliyati samaradorligiga alohida baho beriladi. 
  1. Inspeksiya rahbariyati tomonidan inspeksiyada idoraviy nazorat olib borishda mas’ul bo‘lgan xodimlarni tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlanadi. 

III. Yakunlovchi qoida 

  1. Ushbu Tartib talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
TARTIB
277.36 kB