instagram (1)
Размер шрифта:
a
a
a
Ko‘rinish:
ц
ц
ц
Изображения:
Настройки

«Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasining Odob-axloq komissiyasi to‘g‘risidagi Nizomi

I. Umumiy qoidalar 

1. «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasining Odob-axloq komissiyasi to‘g‘risidagi Nizomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi  «Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 62-son qaroriga asosan ishlab chiqilgan.

2. Ushbu Nizom «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasining  Odob-axloq komissiyasining (keyingi o‘rinlarda Odob-axloq komissiyasi – deb yuritiladi)  maqsadi, vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi va uning faoliyatini tashkil etishning boshqa masalalarini belgilaydi.

Odob-axloq komissiyasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.

4 . Odob-axloq komissiyasi 5 kishidan iborat tarkibda tuziladi. Odob-axloq komissiyasi quyidagi tarkibdan iboratdir:

  • Davlat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari (kamissiya raisi);
  • Davlat nazorati boshqarmasi boshlig‘i;
  • Yuridik bo‘lim boshlig‘i;
  • Kadrlar va maxsus qism bo‘yicha katta inspektor (kamissiya kotibi);
  • Davlat inspeksiyasi Kasaba uyushmasi raisi.

II. Odob-axloq komissiyasining maqsadi 

5. Odob-axloq komissiyasining asosiy maqsadi, odob-axloq qoidalarining buzilishi yoki boshqacha tarzdagi qoida buzilishlari holatlarini muhokama qilish va ushbu Nizomda belgilangan vakolati doirasida tasir choralarini ko‘rishdan iborat.  

III. Odob-axloq komissiyasining vazifalari va funksiyalari 

6. Davlat inspeksiyasi Odob-axloq komissiyasining vazifalari va funksiyalari quydagilardan iborat:

  • Odob-axloq qoidalarining buzilishi holatlari yuz bergani  to‘g‘risida kiritilgan materiallarni  ko‘rib chiqish va natijalari bo‘yicha odob-axloq qoidalarini buzgan Davlat inspeksiyasi xodimiga nisbatan intizomiy yoki boshqacha tarzdagi qoida buzilishlarining mavjudligi (mavjud emasligi) to‘g‘risida xulosa chiqarish;
  • Davlat inspeksiyasi boshlig‘iga odob-axloq qoidalari buzilishini sodir etgan davlat inspeksiyasi xodimini  javobgarlikka tortish to‘g‘risida taklif kiritish;
  • Yo‘l qo‘yilgan qoida buzilishining xarakterini hisobga olgan holda,  Davlat inspeksiyasi xodimini odob-axloq qoidalarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ogohlantirish.     

7. Odob-axloq komissiyasi ish rejasini tuzish, komissiya raisiga tasdiqlash uchun kiritish va ish rejaga amal qilgan xolda belgilangan vazifalarni amalga oshirish.

8. Odob-axloq komissiyasi yig‘ilishlarini tashkillashtirish va  majlis bayonlarini tuzish va komissiya raisiga tasdiqlash uchun kiritish.

9. Odob-axloq komissiyasi majlis bayoni qarorlari ijrosini nazorat qilish. 

IV. Davlat inspeksiyasi Odob-axloq komissiyasining javobgarligi 

10. Odob-axloq komissiyasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.

NIZOM
302.41 kB