instagram (1)
Размер шрифта:
a
a
a
Ko‘rinish:
ц
ц
ц
Изображения:
Настройки

Gaz xo‘jaligidan xavfsiz foydalanish nazorati

 a) profilaktik-nazorat faoliyat sohasida:

  • vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari bilan kelishilgan holda, (texnologiyalar), ob’ektlar, jihozlar hamda yashirin (potensial) xavfli ishlab chiqarish va texnologik ob’ektlarga egabo‘lgan xo‘jalik sub’ektlariro‘yxatinibelgilanishi va tasdiqlanishini ta’minlaydi;
  • Respublika gaz xo‘jaligi tizimida sanoat xavfsizligini ta’minlash sohasini takomillashtirishga oid takliflar tayyorlaydi;
  • Respublika gaz xo‘jaligi tizimidagi xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligiekspertizasini tashkil etishda qatnashadi;
  • kommunal-maishiy xizmatlar tomonidan turar-joylar va kommunal-maishiy ob’ektlar gaz xo‘jaligi tizimida sanoat xavfsizligini ta’minlash sohasiga oid me’yoriy-huquqiy va me’yoriy-texnik hujjatlar talablarining bajarilishini nazorat qiladi va monitoring olib boradi;
  • nazorati ostidagi korxonalar va ob’ektlarni foydalanishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tarkibida qatnashadi, ushbu ob’ektlarni foydalanishga qabul qilish qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi;
  • xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari ro‘yxatiga kiritish maqsadida, xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari to‘g‘risida axborot tayyorlaydi;
  • tashkilot va korxonaning xavfli ishlab chiqarish ob’ektidanfoydalanish bo‘yicha tayyorgarligini, shuningdek, nazorat ostidagi ob’ektlarda avariyalar va ishlab chiqarishda jarohatlanish holatlarini oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va o‘tkazilishini nazorat qiladi;
  • sanoat xavfsizligi deklaratsiyalarini to‘g‘ri ishlab chiqilishi va taqdim etilishi bo‘yicha monitoring olib boradi;
  • amaldagi va qurilayotgan xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari sanoat xavfsizligini deklaratsiyalash ishlarining olib borilishini nazorat qiladi;
  • O‘zbekiston Respublikasi gaz xo‘jaligi tizimidagi gaz nazoratiob’ektlarini, bosim ostida ishlovchi sig‘imlarni ro‘yxatga oladi;
  • avariyalar va ishlab chiqarishda jarohatlanish holatlarini oldini olish maqsadida, sanoat xavfsizligi talablarini targ‘ibot qiladi;

b) me’yoriy tartibga solish sohasida:

  • O‘zbekiston Respublikasi gaz xo‘jaligi tizimida sanoat xavfsizligi masalalariga oid me’yoriy-huquqiy va me’yoriy-texnik hujjatlarni ishlab chiqilishi va qabul qilinishini ta’minlaydi;
  • sanoatda ishlarni xavfsiz olib borish, O‘zbekiston Respublikasi gaz xo‘jaligi tizimidagi jihozlarni loyixalash, tayyorlash, qurish va ishlatish talablarini o‘z ichiga oluvchi davlat standartlari va boshqa me’yoriy hujjatlar loyixalarini o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilishi va kelishuvini ta’minlaydi, shuningdek, ushbu masalalar bo‘yicha qoidalar va me’yorlarni tasdiqlash uchun tayyorlaydi;

v) ruxsat etish faoliyati sohasida:

  • O‘zbekiston Respublikasi gaz xo‘jaligi tizimidagi alohida faoliyat turlariga ruxsatnoma berish (litsenziyalash) ni tashkillashtiradi;
  • O‘zbekiston Respublikasi gaz xo‘jaligi tizimidagi alohida faoliyat turlariga o‘rnatilgan tartibda ruxsatnoma berish (litsenziyalash) vabekor qilish uchun takliflar tayyorlaydi;
  • O‘zbekiston Respublikasi gaz xo‘jaligi tizimida sanoat xavfsizligi qismi bo‘yicha xorijiy texnologiyalar va jihozlarni qo‘llash imkoniyati to‘g‘risida ekspert xulosalarini ko‘rib chiqadi va tasdiqlash uchun tayyorlaydi;
  • sisternalarda suyultirilgan uglevodorod gazlarini tashishga xulosa berish uchun kerakli hujjatlarni tayyorlaydi;
  • xavfli ishlab chiqarish ob’ektida avariya sodir bo‘lgan holatda boshqa shaxslar hayotiga, sog‘ligiga yoxud mulkiga va atrof- muhitga yetgan zarar uchun javobgarliknimajburiy sug‘urtalash bo‘yicha xulosa berilishini ta’minlaydi;

g) mutaxassilarni tayyorlash va qayta tayyorlash sohasida:

  • sanoat xavfsizligi masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar dasturlarini shakllantirish va kelishish hamda sanoat xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash ishlarida qatnashadi;
  • xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida ishlovchi xodimlarning sanoat xavfsizligi bo‘yicha tayyorgarliklari va bilimlarinisinovdan o‘tkazish (attestatsiya qilish) tartibi bo‘yicha takliflar beradi;

d) xalqaro hamkorliksohasida:

  • sanoatda ishlarni xavfsiz olib borish va ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha nazorat yuritish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish ishlarini tashkillashtirishda qatnashadi.
  • Xalqaro tashkilotlar, boshqa mamalakatlarning tegishli nazorat organlari bilan O‘zbekiston Respublikasi gaz xo‘jaligi tizimi masalalari bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda aloqa olib boradi.

Inspeksiya quyidagilar bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshiradi:

  • O‘zbekiston Respublikasi gaz xo‘jaligi tizimida qurilish olib borilayotganda, gazdan ishlabchiqarish turkumida foydalanishda;
  • gaz quvurlari hamda shaharlar va aholi punktlari, ko‘p qavatli uylarning gaz ta’minoti tizimlarini loyixalashda, qurishda, ishlatishda va ta’mirlashda, shuningdek, suyultirilgan uglevodorod gazlarini tashish, saqlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq ob’ektlarda;
  • O‘zbekiston Respublikasi gaz xo‘jaligi tizimidagi bosim ostida ishlovchi sig‘imlarni ishlab chiqish, loyixalash, tayyorlash, montaj qilish, ta’mirlash va ishlatishda;
  • xavfli yuklar hamda suyultirilgan uglevodorod gazlarni tashish uchun mo‘ljallangan sisternalarni tranzitlitashishda;