instagram (1)
Размер шрифта:
a
a
a
Ko‘rinish:
ц
ц
ц
Изображения:
Настройки

Kimyoviy va bakteriologik qurollarni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiya ijrosi nazorati

  • o‘z vakolatlari doirasida Konvensiya qatnashchilari bo‘lgan boshqa davlatlarning kimyoviy qurollar ustidan nazorat qilish bo‘yicha ana shunday milliy organlari bilan hamkorlik o‘rnatadi va uni saqlab turadi, belgilangan tartibda axborot ayirboshlanishini tashkil etadi;
  • konvensiya qatnashchilari bo‘lgan davlatlar tashkiloti ijroiya kengashi va texnik kotibiyatiga hisobotlar va axborotlarni tayyorlaydi va o‘z vaqtida taqdim etadi;
  • kimyoviy qurollarni yo‘q qilib tashlash bo‘yicha xalqaro va respublika tajribasini o‘rganadi, umumlashtiradi va yoyadi;
  • o‘z vakolati doirasida vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga kimyoviy qurollarni taqiqlash va ularni yo‘q qilib tashlash masalalari bilan bevosita shug‘ullanuvchi, ularga bo‘ysunuvchi muassasalar faoliyatini tashkil etishda tegishli uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi;
  • vazirliklar, idoralar va boshqa tegishli tashkilotlarga, shu jumladan xalqaro tashkilotlarga belgilangan tartibda tegishli axborot taqdim etilishini ta’minlaydi;
  • kimyoviy qurollarni taqiqlash va yo‘q qilib tashlashga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan moliyaviy mablag‘lar va moddiy resurslarni taqsimlaydi;
  • Vazirlar Mahkamasiga Konvensiya masalalariga tegishli O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalari va boshqa normativ hujjatlar bo‘yicha xulosalar taqdim etadi;
  • Konvensiya masalalari bo‘yicha Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga kiruvchi davlatlar bilan tuziladigan bitimlar loyihalariga, shuningdek boshqa xorijiy mamlakatlar bilan tuziladigan bitimlar loyihalariga takliflar tayyorlanishini ta’minlaydi;
  • vazirliklar va idoralar tomonidan Konvensiyada nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;
  • kimyoviy qurollarni taqiqlashga qaratilgan har qanday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek kimyoviy qurollardan tinch maqsadlarda foydalanish faktlari to‘g‘risida Konvensiya qatnashchilari bo‘lgan davlatlarning xuddi shunday tuzilmalari bilan asbob-uskunalar, materiallar, ilmiy va texnik axborot ayirboshlanishiga ko‘maklashadi;
  • yakka tartibda yoki boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda kimyo sohasidagi ilmiy kashfiyotlarni ishlab chiqish va qo‘llashda qatnashadi.