instagram (1)
Размер шрифта:
a
a
a
Ko‘rinish:
ц
ц
ц
Изображения:
Настройки

Akkreditatsiya va inspeksiya nazorati

Quyidagilar Bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • Sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimini joriy etish, uning faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlashda ishtirok etish;
  • Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini amalga oshirish;
  • Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha komissiyasi ishini tashkil qilish va bu komissiyaning ishchi organi vazifalarini bajarish;
  • Sanoat xavfsizligi talablari, jumladan sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimi qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda ishtirok etish.

Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

a) sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimini joriy etish, uning faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash sohasida:

  • Manfaatdor vazirlik va idoralar, «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasining tegishli bo‘linmalari bilan birgalikda sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimi hamda ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini amalga oshirish bo‘yicha normativ-huquqiy, normativ-texnik va boshqa hujjatlarni ishlab chiqadi, qayta ko‘rib chiqadi hamda ishlab chiqish va qayta ko‘rib chiqishda ishtirok etadi;
  • Sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimi hamda ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini amalga oshirish bo‘yicha normativ-huquqiy, normativ-texnik hujjatlarning huquqiy targ‘ibotini belgilangan tartibda amalga oshiradi;
  • Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlari faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqadi;
  • Sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimi faoliyatini va normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga oid takliflar tayyorlaydi.

b) sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini amalga oshirish sohasida:

  • «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi tegishli bo‘linmalari bilan birgalikda akkreditatsiya sohalari ro‘yxatini tuzadi va tasdiqlash uchun «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi boshlig‘iga taqdim etadi;
  • Akkreditatsiyadan o‘tish uchun arizani qabul qiladi va ularni daftar (jurnal)larda ro‘yxatga oladi;
  • Akkreditatsiyadan o‘tish uchun taqdim etilgan hujjatlarning dastlabki baholashni amalga oshiradi hamda dastlabki baholash natijalari ijobiy bo‘lganda arizani ijro etish haqida qaror qabul qiladi;
  • Ekspert tashkiloti sifatida akkreditatsiyadan o‘tmoqchi bo‘lgan tashkilot faoliyatini ekspert tashkilotlari faoliyatiga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligini baholaydi (akkreditatsiyadan o‘tish uchun taqdim etilgan hujjatlar tahlili o‘tkazilishini ta’minlaydi, joyiga borib baholash komissiyasi tarkibi va joyiga borib baholashni o‘tkazish muddatlarini aniqlaydi va tasdiqlash uchun «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi boshlig‘iga taqdim etadi, joyiga borib baholash komissiyasi faoliyatini tashkil etadi);
  • Ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini amalga oshirish jarayonida joyiga borib baholashni o‘tkazish uchun joyiga borib baholash dasturini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
  • Akkreditatsiyadan o‘tish uchun taqdim etilgan hujjatlar tahlili natijalarini, joyiga borib baholash natijalarini va bildirilgan alohida fikrlarni (mavjud bo‘lganda) tahlil qiladi;
  • Ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini amalga oshirish natijalari bo‘yicha qaror qabul qilish uchun akkreditatsiya qilish va inspeksiya nazoratini amalga oshirish bo‘yicha komissiya ishini belgilangan tartibda tashkil qiladi;
  • Akkreditatsiya attestatini rasmiylashtiradi, uni akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari reestrida ro‘yxatga oladi va egasiga topshiradi;
  • Akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari reestrini yuritadi;
  • Akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini o‘tkazish reja-jadvali»ni tuzadi va tasdiqlaydi;
  • Akkreditatsiya qilingan ekspert tashkiloti faoliyati ustidan belgilangan tartibda inspeksiya nazoratini amalga oshiradi;

v) sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha komissiyasi ishini tashkil qilish sohasida:

  • «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi tegishli bo‘linmalari bilan birgalikda attestatsiya sohalari ro‘yxatini tuzadi va tasdiqlash uchun «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi boshlig‘iga taqdim etadi;
  • Talabgorlarning hujjatlarini qabul qiladi, ko‘rib chiqadi va natijasi bo‘yicha qaror loyihasini tayyorlaydi hamda tasdiqlash uchun «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi boshlig‘iga yoki uning o‘rinbosariga taqdim etadi;
  • «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi tegishli bo‘linmalari bilan birgalikda attestatsiyani o‘tkazish uchun taxminiy savollar ro‘yxatini tuzadi va tasdiqlash uchun «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi boshlig‘iga taqdim etadi;
  • Attestatsiyani o‘tkazish sanasi, joyi va vaqtini belgilaydi hamda bu haqda attestatsiya komissiyasi a’zolariga va talabgorlarga xabar beradi;
  • Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert guvohnomalarini rasmiylashtiradi va egalariga topshiradi;
  • Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlar reestrini yuritadi;
  • Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom (ro‘yxat raqami 2045, 2009 yil 19 noyabr) talablarining bajarilishini nazorat qiladi;
  • Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha komissiyasi faoliyatini tashkil etishga doir boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.

g) sanoat xavfsizligi talablari, jumladan sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimi qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:

  • Manfaatdor vazirlik va idoralar, «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasining tegishli bo‘linmalari bilan birgalikda sanoat xavfsizligi talablari, jumladan sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimi qoidalariga rioya etilishi ustidan tekshirish, monitoring va boshqa tadbirlarda qatnashadi;
  • Sanoat xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish, sanoat xavfsizligi talablari rioya etilishi ustidan davlat nazoratini olib borish samaradorligini oshirishga oid takliflarni tayyorlaydi;
  • Akkreditatsiya qilingan ekspert tashkiloti faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini amalga oshirish natijalarini umumlashtirish va bu ma’lumotlar asosida ekspert tashkilotlarini belgilangan talablarga rioya etilishini tahlil etadi.
  • Bo‘lim o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.