Menyu



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
«Sanoatgeokontexnazorat»
Davlat inspeksiyasi

Geologiya-razvedka ishlari olib borilishi nazorati

O‘zbekiston Respublikasi xududida barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan geologik o‘rganishlarda sanoat xavfizligi va yer qa’rini muxofazasi soxasidagi qonuniy va me’yoriy-texnik xujjatlar talablarini bajarilishi bo‘yicha  davlat nazoratini amalga oshirish;

Nazorat ostidagi ob’ektlarda sanoat xavfsizligi soxasida profilaktik chora-tadbirlarni ishlab-chiqish va uni amalda qo‘llash;

Geologik o‘rganishlarda  sanaot xavfsizligi, yer qa’rini muxofazasi soxasida me’riy-xuquqiy xolatlar va me’yoriy texnik xujjatlar ishlanmalari ta’minoti va o‘rnatilgan tartibda qiziqish uyg‘ongan vazirliklar va tarmoqlar bilan kelishish;

Sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimini tadbiq etishni ta’minlash, shakllantirish va rivojlantirish, sanoat xavfsizligi soxasida faoliyat olib boradigan mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash. 

Zimmaga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida Inspeksiya quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

a) nazorat-profilaktik faoliyat soxasida:

  • vazirliklar, davlat qo‘mitalari, tarmoqlar bilan kelishgan holda, o‘ta havfli ishlab-chiqarish va texnologik ob’ektlarda joylashgan ishlab-chiqarish (texnologiya), ob’ektlar, ishlab chiqarish vositalari va xo‘jalik sub’ektlarini ro‘yhatlarini aniqlash va tasdiqlashni ta’minlaydi;
  • geologik-qidiruv ishlarini olib borishda qonunchilikning saqlanishini nazoratlashni amalga  oshiradi;
  • O‘zbekiston Respublikasi moliya Vazirligining Bosh nazorat –taftish boshqarmasini mutaxassislari, korxonani va ilmiy muasasaning soxa bo‘yicha ekspertlarini  jalb etgan holda, o‘rnatilgan tartibda geologik-qidiruv ishlarining hajmlari, sifati va natijalarini xaqqoniyligini  mustaqil tekshiruvini o‘tkazadi;
  • foydalanish uchun litsenziya beriladigan yer qa’ri uchastkasidagi dastlabki tadqiqotlarda, shuningdek keyingi nazoratlarda ishtirok etadi;
  • geologik-qidiruv ishlarini olib borishda  sanoat xavfsizligini ta’minlash tizimini  takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
  • nazorat ostidagi korxona va ob’ektlarni ekspluatatsiyaga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tarkibida ishtirok etadi, ushbu ob’ektlarni ekspluatatsiyaga qabul qilish qoidalarini buzilmasligini nazorat etadi;
  • xavfli ishlab –chiqarish ob’ektlari davlat reestriga kiritish maqsadida XIChO haqida ma’lumotlar to‘plashda, shuningdek kuzatuv ostidagi ob’ektlarda avariyalar va ishlab chiqarish bilan bog‘liq shikastlanishlarini oldini olish bo‘yicha chora tadbirlar ishlab chiqishda qatnashadi;
  • sanoat xavfsizligi dekloratsiyasining ishlab-chiqarishni to‘g‘riligi va taqdimotini monitoringini amalga oshiradi;
  • amaldagi va qurilayotgan xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini sanoat xavfsizligining deklaratsiyalashni o‘tkazishni;
  • geologik o‘rganishlarda avariyalarni va ishlab-chiqarish bilan bog‘liq shikastalanishni oldini olish maqsadida sanoat xavfsizligi, yer qa’ri  mauxofazasi talablarini keng targ‘ib etadi;

b) me’yoriy tartibga solish sohasida:

  • geologik-qidiruv ishlarini olib borishda sanoat xavfsizligi, yer qa’ridan foydalanish va muxofazalash, ekspert tashkilotlarni sanoat xaavfsizligi soxasida akkreditatsiyalash muammolari bo‘yicha me’riy-xuquqiy va me’yoriy texnik xujjatlarni ishlab chiqishni va qabul qilishni ta’minlash;
  • yer qa’rini geologik o‘rganishda geologik-qidiruv ishlarini xavfsiz olib borish, loyixalashtirish, uskunalarni tayyorlash, o‘rnatish va foydalanish talablarini o‘zida mujassam etgan davlat standartlari loyixalari va boshqa me’yoriy xujjatlarni o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqishni va kelishishni ta’minlash;

v) ruxsat berish faoliyati soxasida:

  • yer qa’rini geologik o‘rganish bo‘yicha faoliyatni aloxida turlarini litsenziyalashtirishda ishchi organ tarkibida ishtirok etadi;
  • yer qa’rini geologik o‘rganishda o‘rnatilgan tartibda aloxida ish turlariga ruxsatni beradi va bekor qiliadi;
  • foydali qazilma konlarini qidirib chamalashlarda geologik-qidiruv ishlari loyixalarini, tog‘ ishlarining rejalarini  ishlarni xavfsiz olib borish bo‘yicha texnik qismlarini kelishishadi;
  • kuzatuv ostidagi ob’ektlarda sanoat xavfsizligi qismiga ko‘ra chet el texnologiyasi va uskunalarini qo‘llash imkoniyatlarini  xaqidagi ekspert  xulosasini ko‘rib chiqadi va tasdiqlashga takliflar tayyorlaydi; 
  • sanoat xavfsizligi soxasida, o‘rnatilgan tartibda,  ekspert tashkilotlarni akreditatsiyalashtirishga ta’sir ko‘rsatadi va amalga oshiradi; 
  • sanoat xavfsizligiga ko‘ra ekspertizasi natijalari bo‘yicha ekspert xulosalarini ko‘rib chiqadi va tasdiqlashga takliflar tayyorlaydi;
  • xavfli bo‘lgan ishlab chiqarish ob’ektida avariya bo‘lgan xolatda, boshqa shaxslarni hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulki va atrof muxitga zarar keltirgani uchun ma’suliyatga oid majburiy sug‘urtalar bo‘yicha  xulosalar berishga takliflar tayyorlaydi;  

g) mutaxassilarni tayyorlash va qayta tayyorlash soxasida: 

  • yer qa’rini geologik o‘rganishda sanoat xavfsizligi masalalariga doir ilmiy-tadqiqotlar va mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha dasturlarni shakllantirishda va kelishishda ishtirok etadi;
  • geologik o‘rganishlardagi sanoat xavfsizligi, yer qa’rini muxofazalash soxalariga oid, xavfli ishlab-chiqarish ob’ektlari ishchilarini taayyorlash va attetatsiyadan o‘tkazish (bilimlarini tekshirish) tartibi bo‘yicha takliflar beradi ;

 

Inspeksiya quyidagi xolatlarda davlat  nazoratini amalga oshiradi :

  • geologik-qidiruv ishlarida;
  • kuzatuv ostidagi ob’ektlarda sanoatga xos portlatish maxsulotlari va portlatish vositalarini saqlash, foydalanish va hisobga olishda;
  • portlash- va yong‘in xavfi mavjud bo‘lgan kuzatuv ostidagi ishlab chiqrish va ob’ektlarda  qurilish, qayta tiklash, foydalanish va ta’mirlashlarda;
  • yer osti inshootlarini (burg‘ilash minorasi va omilkor burg‘ilash uskunalari) hamda quduqlar  burg‘ilashlarda qo‘llaniladigan moslamalarni ishlab chiqishda, loyixalashtirishda, tayyorlashda, montaj, ta’mirlash ishlarida;
  • inspeksiya o‘ziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bevosita o‘zi, hamda unga bo‘ysinadigan inspektorlar orqali amalga oshiradi.

Normativ hujjatning shartli belgilanishi

Normativ hujjat Adliya vazirligidan ro‘yhatdan o‘tgan sanasi va tartib raqami yoki xulosasining soni va sanasi

Normativ hujjatning nomi

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 27.08.2010yil №PQ-1396

 

«Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»

2

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 02.05.2011 yil №PQ-1524

 

«Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»

3

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

28.07.2011 y.

N 220

 

«Yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish, undan foydalanish va uni muxofaza qilish ustidan davlat nazorati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»

4

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 11.05.2011 yil №131

 

«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tuzilmasini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»

5

Nazorat qiluvchi organlar

faoliyatini muvofiqlashtiruvchi

respublika kengashi tomonidan

2006 yil 11 martdagi

06-01-01-son qarori bilan

TASDIQLANGAN

O‘zbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2006 yil 6 mayda 1573-son

bilan ro‘yxatga olingan

«Nazorat qiluvchi organlar tomonidan o‘tkaziladigan, tadbirkorlik sub’ektlari-yuridik shaxslar faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish tartibi to‘g‘risida Nizom

6

O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirining 29.12.2006 yil №213-m Buyrug‘i

O‘zbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

29.12.2006 yil №1650-son

bilan ro‘yxatga olingan

«Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda tekshirish o‘tkazish va Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»

7

XK-10-96-11

O‘zbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

13.01.2011 yil №304-1 -son

bilan ro‘yxatga olingan

«Geologiya qidiruv ishlarida xavfsizlik qoidalari»

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz,
ularni belgilab,
ma’muriyatni xabardor qilish uchun
Ctrl + Enter tugmalarini bosing.