Menyu



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
«Sanoatgeokontexnazorat»
Davlat inspeksiyasi

Kimyo, metallurgiya va neft-gazni qayta ishlash sanoati nazorati

Yuridik va jismoniy shaxslarning kimyo, metallurgiya va neft-gazni qayta ishlash sanoati ob’ektlarida sanoat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlari va normativ-texnik hujjatlar talablariga rioya qilishlari yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

Sanoat xavfsizligini sohasida oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

O‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda qabul qilish;

Sanoat xavfsizligi ekspertizasi, sanoat xavfsizligi sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimlarini joriy etish hamda ularning faoliyati va rivojlantirilishini ta’minlash.

Inspeksiya o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

a) nazorat-profilaktika faoliyati sohasida:

  • vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar bilan kelishgan holda ishlab chiqarishlar (texnologiyalar), ob’ektlar, asbob-uskunalar hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlar va texnologiya ob’ektlariga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ro‘yxatini belgilashni va tasdiqlashni ta’minlaydi;
  • kimyo, metallurgiya va neft-gazni qayta ishlash sanoati korxonalari, harbiylashtirilgan gazdan qutqarish va avariya-dispetcherlik xizmatlarining sodir bo‘lish ehtimoli bo‘lgan avariyalarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda ularning oqibatlarini tugatishga tayyorligini nazorat qiladi, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan bo‘linmalarni joylashtirish sxemalarini kelishib oladi;
  • iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida sanoat xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
  • kimyo, metallurgiya va neft-gazni qayta ishlash sanoati xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi ekspertizasini tashkil etishda ishtirok etadi;
  • o‘z nazoratidagi korxonalar va ob’ektlarni foydalanishga qabul qilish davlat komissiyalari tarkibida qatnashish uchun vakillarni tayinlaydi, ushbu ob’ektlarda foydalanish uchun qabul qilish qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi;
  • xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining davlat reestrida xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari hisobini yuritish uchun ma’lumot tayyorlaydi;
  • xavfli ishlab chiqarish ob’ektidan foydalanishga, nazoratdagi ob’ektlarda avariyalar va ishlab chiqarishda jarohatlanishning oldini olish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga tashkilotlarning tayyorligini nazorat qiladi;
  • sanoat xavfsizligi deklaratsiyalarini ishlab chiqish va taqdim etishning to‘g‘riligi monitoringini amalga oshiradi;
  • ishlayotgan va qurilayotgan xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari sanoat xavfsizligining deklaratsiya etilishini nazorat qiladi;
  • kimyo, metallurgiya va neft-gazni qayta ishlash sanoatida bosim ostida ishlovchi bug‘ va suv isitish qozonlarini, idishlarni, bug‘ va issiq suv quvurlarini va ko‘tarish inshootlarini ro‘yxatdan o‘tkazadi;
  • avariyalar va ishlab chiqarishda jarohatlanishlarning oldini olish maqsadida sanoat, radiatsiya xavfsizligi va yer qa’ri boyliklarini muhofaza qilish talablarini targ‘ib qiladi;

b) normativlarni tartibga solish sohasida:

  • sanoat xavfsizligi sohasidagi hamda Inspeksiyasi vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqishni va belgilangan tartibda qabul qilashni ta’minlaydi;
  • kimyo, metallurgiya va neft-gazni qayta ishlash sanoatida ishlarni bexatar olib borish, asbob-uskunalarni loyihalash, tayyorlash, qurish va ishlatish bo‘yicha talablardan iborat bo‘lgan davlat standartlari hamda boshqa normativ hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni va belgilangan tartibda kelishib olishni ta’minlaydi, shuningdek ushbu masalalar bo‘yicha qoida va normalarni tasdiqlashga tayyorlaydi;
  • kimyo, metallurgiya va neft-gazni qayta ishlash sanoati korxonalari va ob’ektlarini tugatish va konservatsiya qilishda kerak bo‘lgan texnik talablarni belgilaydi (ishlarning xavfsizligi hamda iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanishga yaroqli bo‘lgan mahsulotlarini saqlash qismi bo‘yicha);

v) ruxsat berish faoliyati sohasida:

  • kimyo, metallurgiya va neft-gazni qayta ishlash sanoati korxonalarida o‘z vakolatlari doirasida faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni tashkil etadi;
  • kimyo, metallurgiya va neft-gazni qayta ishlash sanoati korxonalarida ishlarning ayrim mas’uliyatli texnologik bosqichlarini, texnologik reglamentlarni va boshqalarni olib borish ish rejalarini kelishib oladi;
  • kimyo, metallurgiya va neft-gazni qayta ishlash sanoati ob’ektlarida sanoat xavfsizligi va yer qa’rini muhofaza qilish bo‘yicha xorijiy texnologiyalar va asbob-uskunalarni qo‘llanish to‘g‘risidagi ekspertiza xulosasini ko‘rib chiqadi va tasdiqlash uchun taklif tayyorlaydi;
  • sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertiza tashkilotlarini belgilangan tartibda akkreditatsiya qilishda ishtirok etadi;

g) mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash sohasida:

  • sanoat xavfsizligi masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar hamda mutaxassislar tayyorlash dasturlarini shakllantirishda va kelishib olishda qatnashadi;
  • sanoat va radiatsiya xavfsizligi hamda yer qa’rini muhofaza qilish sohasida xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari xodimlarini tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish (bilimlarini tekshirish) tartibini belgilashda taklif beradi;

d) xalqaro hamkorlik sohasida:

  • sanoatda ishlarni bexatar olib borishni nazorat qilish va ilmiy tadqiqotlar sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda, Inspeksiyasi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha xalqaro tashkilotlar, boshqa mamlakatlarning tegishli nazorat organlari bilan belgilangan tartibda aloqa o‘rnatadi.

Inspeksiya:

  • kimyo, metallurgiya, neft va gazni qayta ishlash sanoatida, portlash va yong‘in xavfi bo‘lgan ob’ektlarda hamda qayta ishlash ob’ektlarida, portlash va yong‘in xavfi bo‘lgan qurilish ob’ektlarida;
  • portlash va yong‘in xavfi bo‘lgan, nazorat ostidagi ishlab chiqarishlar hamda ob’ektlarni qurishda, rekonstruksiya qilishda, ulardan foydalanishda va ularni ta’mirlashda;
  • shuningdek nazorat ostidagi ob’ektlarni ishlab chiqish, loyihalash, tayyorlash, montaj qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanishda o‘z vakolatiga muvofiq davlat nazoratini amalga oshiradi.
  • Inspeksiyasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek tarmoq inspektorlari orqali amalga oshiradi.

Buyruq raqami va sanasi

Normativ hujjatning shartli belgilanishi

Normativ hujjat Adliya vazirligidan ro‘yhatdan o‘tgan sanasi va tartib raqami yoki xulosasining soni va sanasi

Normativ hujjatning nomi

1

28.12.2007

266-son buyruq

STH

  13-14-08

04.02.2008

№ 20-15-8/9/24 xati

-

2

27.12.2007

252-son buyruq

CTX

13-15-08

15.01.2008  

№ 20-15-363/364/24 xati

Metallurgiya ishlab chiqarish ob’ektlarida halokat va nohush hodisalarni  tasniflash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar

3

05.09.2008

187-son buyruq

CTX

13-22-08

06.11.2008

  № 20-15-318/10 xati

Kimyo, neft-kimyo va neft-gazni qayta ishlash xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida ta’mirlash ishlarini bexatar olib borish tartibi to‘g‘risida nizom

4

24.10.2008

220-son buyruq

CTX

13-30-08

17.09.2008

№20-15-372/12 xati

Ammiakli sovutish qurilmalarining texnik holatini tekshirish va ulardan foydalanishda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar

5

14.05.2009

100-son buyruq

CTX

13-53-09

28.05.2009  

№ 20-15-203/2 xati

Metallurgiya ishlab chiqarishlarida avariyalarni bartaraf etish (cheklash) rejalarini tuzish bo‘yicha yo‘riqnoma

6

05.05.2009

87-son buyruq

CTX 13-55-09

29.05.2009  

№ 20-15-199/12 xati

Portlash  xavfi  va  portlash-yonish  xavfi  bor  ob’ektlarda olovli  ishlarni xavfsiz  olib  borilishini tashkil  qilish bo‘yicha namunaviy  yo‘riqnoma

7

16.06.2009

124-son buyruq

CTX

13-58-09

16.07.2009

  № 6-15/12-5550/6 xati

Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida ishlab chiqarish nazoratini tashkil etish va amalga oshirish qoidalari

8

24.09.2009

180-son buyruq

CTX

13-67-09

-

Nazorat ostidagi metallurgiya ishlab chiqarishlarining bino va inshootlaridan bexatar foydalanishni ta’minlash ustidan nazoratni tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar

9

18.05.2009

106-son buyruq

CTX

13-68-09

-

-

10

19.11.2009

237-son buyruq

CTX

13-77-09

21.12.2009  

№ 6-15/23-10119/6 xati

Ammiakli sovutish qurilmalarining tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalari

11

18.11.2010

300-son buyruq

CTX

13-90-10

13.11.2010

  № 6-24/13-10128/6 xati

-

12

04.12.2008

280-son buyruq

XQ

13-37-09

09.01.2009

  № 20-15-459/13 xati

Bosim ostidagi suyultirilgan uglevodorodli gazlar va  tezalangalanuvchi suyuqliklar omborxonalari uchun xavfsizlik  qoidalari

13

09.12.2008

282-son buyruq

XQ

13-38-09

9.01.2009

  № 20-15-549/13 xati

Lok-bo‘yoq ishlab chiqarishlarining xavfsizlik qoidalari

14

05.01.2009

1-son buyruq

XQ

13-43-09

19.01.2009

  № 20-15-15/12 xati

-

15

23.02.2009

34-son buyruq

XQ

13-46-09

19.03.2009  

№  20-15-95/13 xati

Suyuq ammiakning yerdagi omborlari uchun xavfsizlik qoidalari

16

16.03.2009

57-son buyruq

XQ

13-47-09

23.04.2009  

№ 20-15-133/11 xati

Neftni qayta ishlash korxonalari uchun sanoat xavfsizligi qoidalari

17

01.05.2009

85-son buyruq

XQ

13-52-09

28.05.2009  

№ 20-15-195/12 xati

Metallurgiya ishlab chiqarishlari uchun umumiy xavfsizlik qoidalari

18

04.05.2009

86-son buyruq

XQ

13-54-09

28.05.2009  

№  20-15-199/12 xati

Portlash xavfi bo‘lgan va zararli gazlarda ishlaydigan porshenli kompressor qurilmalarning tuzilishi va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalari

19

16.06.2009

125-son buyruq

XQ

13-56-09

23.06.2009  

№ 6-15/14-5553/6 xati

Azot ishlab chiqarish sanoatida organik ishlab chiqarishlar uchun xavfsizlik qoidalari

20

16.06.2009

127-son buyruq

XQ

13-57-09

15.07.2009  

№ 6-15/13-5551/6 xati

Suyuq ammiak tashish uchun mo‘ljallangan temir yo‘l vagon-sisternalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalari

21

16.06.2009

126-son buyruq

XQ

13-65-09

13.07.2009

  № 6-15/10-5552/6 xati

Anorganik suyuq kislota va ishqorlardan foydalanishda xavfsizlik qoidalari

22

26.02.2010

86-son buyruq

XQ

13-82-10

23.03.2010     

№ 6-24/12-22-18/6 xati

Qora va rangli metallarning chiqindi va qoldiqlarini qayta eritishga tayyorlashda xavfsizlik koidalari

23

31.03.2010

112-son buyruq

XQ

13-83-10

15.04.2010         

№ 6-24/12-3491/6 xati

Prokat ishlab chiqarishida xavfsizlik qoidalari

 

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz,
ularni belgilab,
ma’muriyatni xabardor qilish uchun
Ctrl + Enter tugmalarini bosing.