Menyu



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
«Sanoatgeokontexnazorat»
Davlat inspeksiyasi

Neft va gaz sanoati nazorati

Istoqbolli tuzilmalarni qidirishda, neft va gaz quduqlarini qazishda, uglevodorodlarni qazib olishda, neft va gaz sanoati inshootlarini, shu jumladan, magistral quvurlarni va neft mahsulotlari bilan ta’minlash korxonalarini qurishda va ishlatishda barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sanoat xavsizligi va yer qa’rini himoyalash sohasidagi qonun va me’yoriy texnik hujjatlarning talablarini bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

Nazorat ostidagi ob’ektlarda sanoat xavfsizligi talablarini ta’minlash sohasida chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

O‘rnatilgan tartibda neft-gaz qazib chiqarish sanoatida sanoat xavfsizligi doirasida normativ-xuquqiy va normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishishni tashkillashtirish;

Sanoat xavfsizligi ekspertizasi, sanoat xavfsizligi sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimlarini joriy etish hamda ularning faoliyati va rivojlantirilishini ta’minlash.

O‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

a) nazorat-profilaktika faoliyati sohasida:

  • vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar bilan kelishgan holda nazorati ostidagi ishlab chiqarishlar (texnologiyalar), ob’ektlar, asbob-uskunalar hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlar va texnologiya ob’ektlariga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ro‘yxatini belgilashni va tasdiqlashni ta’minlaydi;
  • neft va gaz sanoatida geologiya-qidiruv ishlarini olib borishda qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan uglevodorod zaxiralarini tasdiqlashda qabul qilingan qarorlar va xulosalarning yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan bajarilishini nazorat qiladi;
  • neft va gaz xom ashyosini qazib olishda va transportirovka qilishda foydali qazilmalarning normativdan ortiqcha yo‘l qo‘yilgan yo‘qotishlarini aniqlaydi (kelishilgan xolda);
  • favvoraga qarshi kurashish bo‘linmalarining sodir bo‘lish ehtimoli bo‘lgan avariyalarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda ularning oqibatlarini tugatishga tayyorligini nazorat qiladi, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan bo‘linmalarni joylashtirish sxemalarini kelishib oladi;
  • nazorati ostidagi yuqori texnogen xavfli hududlarning davlat kadastri yuritilishida ishtrok etadi;
  • neft va gaz sanoatida sanoat xavfsizligi tizimini mukammallashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
  • neft va gaz sanoatida xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini sanoat xavfsizligi ekspertizasini tashkillashtirishda ishtirok etadi;
  • o‘z nazoratidagi korxonalar va ob’ektlarni foydalanishga qabul qilish davlat komissiyalari tarkibida qatnashadi, ushbu ob’ektlarda foydalanish uchun qabul qilish qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi;
  • xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari davlat reestriga nazorati ostidagi xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini kiritish uchun ma’lumotlar tayyorlaydi;
  • xavfli ishlab chiqarish ob’ektidan foydalanishga, nazoratidagi ob’ektlarda avariyalar va ishlab chiqarishda jarohatlanishning oldini olish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga tashkilotlarning tayyorligini nazorat qiladi;
  • sanoat xavfsizligi deklaratsiyalarini ishlab chiqish va taqdim etishning to‘g‘riligi monitoringini amalga oshiradi;
  • ishlayotgan va qurilayotgan xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari sanoat xavfsizligining deklaratsiya etilishini nazorat qiladi;
  • neft va gaz quduqlarini burg‘ulashda va mukammal ta’mirlashdagi burg‘ulash minorasi va ko‘chma burg‘ulash uskunalarini ro‘yxatdan o‘tkazadi;
  • avariyalar va ishlab chiqarishda jarohatlanishlarning oldini olish maqsadida sanoat xavfsizligi va yer qa’ri boyliklarini muhofaza qilish talablarini targ‘ib qiladi;

 b) normativlarni tartibga solish sohasida:

  • neft va gaz sanoatida sanoat xavfsizligi, yer qa’ridan foydalanish va ularni muhofaza qilish, sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilishda, normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqishni va belgilangan tartibda qabul qilishni ta’minlaydi;
  • neft va gaz sanoatida ishlarni bexatar olib borish, asbob-uskunalarni loyihalash, tayyorlash, qurish va ishlatish, yer qa’rini geologik o‘rganishda ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish, uglevodorod xom ashyosini qazib olish, trasportirovka qilish va xom ashyoni saqlash bo‘yicha talablardan iborat bo‘lgan davlat standartlari hamda boshqa normativ hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqadi va belgilangan tartibda kelishishni, shuningdek ushbu masalalar bo‘yicha qoida va normalarni tasdiqlashdi ta’minlaydi;
  • foydali qazilmalar konlarini qazib oluvchi korxonalar va ob’ektlarni tugatish va konservatsiya qilishda yer qa’ri boyliklaridan foydalanuvchilar tomonidan bajarilishi kerak bo‘lgan texnik talablarni belgilaydi (ishlarning xavfsizligi, foydali qazilmalar konlarini ishga tushirishda yer qa’ri boyliklarini muhofaza qilish hamda iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanishga yaroqli bo‘lgan kon mahsulotlarini saqlash qismi bo‘yicha);

v) ruxsat berish faoliyati sohasida:

  • neft va gaz sanoatida faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni tashkil etadi;
  • neft va gaz sanoati inspeksiyasi vakolatlariga kiruvchi alohida ish turlariga belgilangan tartibda ruxsatnomalar beradi va ularni bekor qiladi;
  • neft va gaz konlarini qazib olish uchun, shuningdek foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari qurilishi va ulardan foydalanish uchun kon ajratish dalolatnomalari xujjatlarini ko‘rib chiqadi;
  • neft-gaz zahiralarini qidirish va izlash, neft-gaz quduqlarini, magistral neft-gaz   quvurlarni, mahsulot uzatish quvurlarini, neft mahsulotlarini tashish, qabul qilish, saqlash va realizatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ob’ektlarni qurish, ishlatish, qayta qurish, qayta jihozlash, konservatsiya qilish (konservatsiyadan chiqarish) va tugatish loyihalarini kelishadi;
  • neft-gaz quduqlarini foydalanishga, tugatishga va konservatsiyaga berish dalolatnomalarini kelishib oladi;
  • ishlarning ayrim mas’uliyatli texnologik bosqichlarini, texnologik reglamentlarni va neft va gaz quduqlarini sinovdan o‘tkazishni va boshqalarni kelishib oladi;
  • nazoratdagi ob’ektlarda sanoat xavfsizligi va yer qa’rini muhofaza qilish bo‘yicha xorijiy texnologiyalar va asbob-uskunalarni qo‘llanish to‘g‘risidagi ekspertiza xulosasini ko‘rib chiqadi va tasdiqlashga tayyorlaydi;
  • sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertiza tashkilotlarini belgilangan tartibda akkreditatsiya qilishda va ularning faoliyatini muvofiqlashtirishda ko‘maklashadi;
  • sanoat xavfsizligi ekspertizasi natijalari bo‘yicha ekspertiza xulosalarini ko‘rib chiqadi va tasdiqlashga tayyorlaydi;
  • xavfli ishlab chiqarish ob’ektida avariya sodir bo‘lgan taqdirda boshqa shaxslar hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazilishi yuzasidan javobgarlikni majburiy sug‘urta qilishda xulosalar olinishini ta’minlaydi;

g) mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash sohasida:

  • sanoat xavfsizligi, yer qa’rini geologik o‘rganish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar hamda mutaxassislar tayyorlash dasturlarini shakllantirishda va kelishishda ishtirok etadi;

Sanoat xavfsizligi hamda yer qa’rini muhofaza qilish sohasida xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari xodimlarini tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish (bilimlarini tekshirish) takliflar beradi.

 

Buyruq raqami va sanasi

Normativ hujjatning shartli belgilanishi

Normativ hujjat Adliya vazirligidan ro‘yhatdan o‘tgan sanasi va tartib raqami yoki xulosasining soni va sanasi

Normativ hujjatning nomi

1

2008 yil 28 noyabr 257-son buyruq

STH 09-26-08

AV xati 20-15-427/12 04.12.2008 yil

Kaliy tuzlari tarqalgan maydonlardagi neft konlarini o‘zlashtirishda sanoat xavfsizligi qoidalari

2

2008 yil 11 dekabr 283-son buyruq

XQ 12-20-08

AV xati 20-15-448/12 18.12.2008 yil.

Mash’ala tizimining tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalari

3

2007 yil 25 sentabr 143-son buyruq

STH 12-02-07

AV xati 20-15-272/11 16.10.2007 yil.

Instruksiya po texnicheskomu diagnostirovaniyu sostoyanie peredvijnыx ustanovok dlya remonta skvajin

4

2007 yil 26 dekabr 243-son buyruq

STH 12-11-08

AV xati 20-15-359/14 23.01.2008 yil

Instruksiya o poryadke likvidatsii, konservatsii skvajin i oborudovanii ix ustev i stvolov

5

2009 yil 05 yanvar 2-son buyruq

STH 12-41-09

AV xati 20-15-9/12 9.01.2009 yil

Quduqlarda portlatib-teshish ishlarini olib borish bo‘yicha yo‘riqnoma

6

2007 yil 11oktabr 165-son buyruq

STH 12-03-07

 -

Instruksiya po preduprejdeniyu gazoneftevodoproyavleniy i otkrыtыx fontanov pri stroitelstve, ekspluatatsii i remonte neftyanыx i gazovыx skvajin.

7

2007 yil 11 oktabr 166-son buyruq

STH 12-04-07

AV xati 20-15-285/10 20.11.2007 yil

Instruksiya po organizatsii i bezopasnomu vedeniyu rabot pri likvidatsii vыbrosov i otkrыtыx fontanov na neftyanыx i gazovыx skvajinax

8

2009 yil 14 avgust 158-son buyruq

STH 12-66-09

 -

Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida xavflilik darajasini taxlil qilish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar

9

2008 yil 4 dekabr 279-son buyruq

RD 12-39-09

AV xati № 20-15-433/13 05.01.2009 yil.

Neft va gaz sanoatida burg‘ulash uskunalariga bo‘lgan xavfsizlik talablari

10

2009 yil 31 dekabr 292-son buyruq

STH 12-81-10

AV xati 6-24/13-189/6 6.02.2010 yil

Tarkibida vodorod sulfidi yuqori bo‘lgan neft, gaz va gaz kondensat konlarida qidirish va ishlatishni xavfsiz olib borish bo‘yicha yo‘riqnoma

11

2007 yil 25 avgust 143-son buyruq

 -

AV xati 20-15-272/11 16.10.2007 yil

 -

12

2008 yil 12 dekabr 287-son buyruq

STH-12-42-09

AV xati 20-15-456/13 09.01.2009 yil

Po‘lat rezervuarlarni texnik ishlatish qoidalari

13

2010 yil 24 iyun 188-son buyruq

STH-12-87-10

AV xati 6-24/13-6332/6 4.08.2010 yil

Shoxsimon guruh (kust)li burg‘ quduqlarni burg‘ulash, o‘zlashtirish va ishlatishni bir vaqtda xavfsiz bajarishga oid yo‘riqnoma

14

2008 yil 21 aprel

78-son buyruq

STH-11-19-08

 -

Magistral neftuzatgichlarning xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini identifikatsiyalash bo‘yicha uslubiy tavsiyanomalar

15

2009 yil 28 oktabr

211-son buyruq

STH-11-75-09

AV xati 6-15/23-9626/6 01.12.2009 yil.

Texnologik quvuro‘tkazgichlarning tuzilishi va xavfsiz ishlatilishi qoidalari

16

2009 yil 12 iyun

132-son buyruq

STH-11-64-09

AV xati 6-15/13-5890/6 15.07.2009 yil.

Neftbaza va neftmahsulot omborxonalari uchun sanoat xavfsizligi qoidalari

17

2008 yil 25 avgust

178-son buyruq

STH-11-51-08

AV xati 20-15-298/13 16.09.2008 yil.

Neft va neft mahsulotlari uchun mo‘ljallangan payvandlangan vertikal silindrik rezurvuarlarni texnik diagnostikalish tizimi to‘g‘risida nizom

18

2012 yil 21 sentabr

183-son buyruq

 -

AV xati 6-24/23-10613/6 22.10.2012 yil.

 -

19

2013 yil 21 yanvar

09-son buyruq

 -

AV xati №6-24/23-841/6 21.02.2013 yil.

 -

20

2014 yil 16 aprel

60-son buyruq

-  

AVdan o‘tgan ro‘yxat raqami 2583

14.05.2014 yil.

Neft bazalari, turg‘un, konteynerli va ko‘chma avtoyoqilg‘i quyish shoxobchalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalari

 

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz,
ularni belgilab,
ma’muriyatni xabardor qilish uchun
Ctrl + Enter tugmalarini bosing.