Menyu



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
«Sanoatgeokontexnazorat»
Davlat inspeksiyasi

Atom nazorati

Yuridik va jismoniy shaxslarning  yadroviy va radioaktiv materiallar bilan muomalada bo‘lish, qazib olish, qayta ishlash, tashish, saqlash, ishlatish, ko‘mish, fizik ximoyalash, xamda tarkibida radioaktiv manbalar va radioaktiv chiqindilar bo‘lgan yadroviy materiallarning va radioaktiv moddalarning xisob-kitobini olib borish bo‘yicha radiatsiya xavfsizligi soxasidagi qonun xujjatlari va normativ-texnik xujjatlar talablariga rioya qilishlari yuzasidan o‘rnatilgan tartibda davlat boshqaruvini amalga oshirish;

Radiatsiya xavfsizligi soxasida oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

Tegishli vazirliklar bilan  yadroviy va radioaktiv materiallar bilan muomalada bo‘lish, qazib olish, qayta ishlash, tashish, saqlash, ishlatish, ko‘mish, fizik ximoyalash, xamda tarkibida radioaktiv manbalar va radioaktiv chiqindilar bo‘lgan yadroviy materiallarning va radioaktiv moddalarning xisob-kitobini olib borish bo‘yicha radiatsiya xavfsizligi soxasidagi qonun xujjatlari va normativ-texnik xujjatlar bo‘yicha normativ-xuquqiy va normativ-texnik xujjatlarni ishlab chiqish va kelishishni tashkil qilish;

Inspeksiya o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

a) nazorat-profilaktika faoliyati soxasida:

  • ishlab chiєarishlar (texnologiyalar), ob’ektlar, asbob-uskunalar xamda potensial xavfli ishlab chiєarishlar va texnologiya ob’ektlariga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ro‘yxatini belgilaydi;
  • o‘z nazoratidagi ob’ektlarda radiatsiyaviy xavfsizlikni tashkil etish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
  • o‘z nazoratidagi korxonalar va ob’ektlarni foydalanishga qabul єilish davlat komissiyalari tarkibida qatnashadi, ushbu ob’ektlarda foydalanish uchun qabul qilish qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi;
  • o‘z vakolatlari doirasida tarkibida radioaktiv manbalar va radioaktiv chiqindilar bo‘lgan yadroviy materiallarning va radioaktiv moddalarning respublika darajasida davlat tomonidan xisobga olish va nazorat qilishni, milliy reestri yuritilishini ta’minlaydi;
  • o‘z nazoratidagi ob’ektlarda avariyalar va ishlab chiqarishda jaroxatlanishning oldini olish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish, o‘tkazish va natijalarini bartaraf etishni tashkil qiladi;
  • yuqori texnogen xavfli xududlarning davlat kadastri yuritilishini nazorat qiladi;
  • avariyalar va ishlab chiqarishda jaroxatlanishlarning oldini olish maqsadida radiatsiya xavfsizligi  talablarini targ‘ib qiladi;

b) normativlarni tartibga solish sohasida:

  • radiatsiya xavfsizligi sohasida, yadroviy va radioaktiv materiallar bilan muomalada, radioaktiv materiallar va rudalarni, tashish, saqlash, ulardan foydalanish va ularni ko‘mib tashlash, qazib olish, qayta ishlash, ularni fizik ximoya qilish, yadroviy materiallar va radioaktiv moddalarni, radioaktiv manbalar va radioaktiv chiqindilarni hisobga olish bo‘yicha normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda qabul qiladi;
  • asbob-uskunalarni loyihalashtirish, tayyorlash, ishlatishda radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha talablardan iborat bo‘lgan davlat standartlari hamda boshqa normativ hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqadi va belgilangan tartibda kelishib oladi, shuningdek ushbu masalalar bo‘yicha qoida va normalarni tasdiqlaydi;

v) ruxsat berish faoliyati soxasida:

  • ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada bo‘ladigan sohalardagi faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha materiallarni ko‘rib chiqadi va takliflar tayyorlaydi;
  • rentgen qurilmalarini ishlatishga ruxsatnoma berish va bekor qilish, hamda ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini olish va berish bo‘yicha sub’ektlar materiallarini ko‘rib chiqadi va takliflar tayyorlaydi;
  • nazoratdagi ob’ektlarda radiatsiya xavfsizligi bo‘yicha xorijiy texnologiyalar va asbob-uskunalarni qo‘llanish to‘g‘risidagi ekspertiza xulosasini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;
  • ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada bo‘ladigan sohalardagi faoliyatni amalga oshirish huquqini berish haqidagi ekspert xulosasini tayyorlaydi;
  • yadroviy materiallar va radioaktiv moddalarni tranzit tashishda qonun hujjatlariga muvofiq xulosalar beradi va ularning nazoratini amalga oshiradi;

g) mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash sohasida:

  • radiatsiya xavfsizligi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda qatnashadi;

d) xalqaro hamkorlik sohasida:

  • atom energetikasi va ilmiy tadqiqotlar sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, boshqa mamlakatlarning tegishli nazorat organlari bilan radiatsiya yadroviy va xavfsizligi sohasida yadroviy va radioaktiv materiallar bilan muomalada ularni tashish, saqlash, ulardan foydalanish va ularni ko‘mib tashlash, qazib olish, qayta ishlash, ularni fizik ximoya qilish, yadroviy materiallar va radioaktiv moddalarni, radioaktiv manbalar va radioaktiv chiqindilarni hisobga olish bo‘yicha boshqa mamlakatlarning tegishli nazorat organlari bilan belgilangan tartibda aloqa o‘rnatadi;
  • atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish sohasidagi xalqaro shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining bajarilishini ta’minlaydi.

Inspeksiya quyidagi davlat nazoratini amalga oshiradi:

  • radioaktiv materiallar va rudalarni, ionlovchi nurlanish manbalari mavjud bo‘lgan buyumlarni tashish, saqlash, ulardan foydalanish va ularni ko‘mib tashlash, qazib olish, qayta ishlash va hisobga olishda, yadro ob’ektlaridan va ionlovchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchi yoki ularni oluvchi boshqa ob’ektlardan foydalanishda;
  • radioaktiv manbalari va radioaktiv chiqindilarni, yadroviy materiallarni ishlab chiqarishda, saqlashda;
  • ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini ishlatish yoki olishda, yadroviy ob’ektlarni loyihalash, qurish, yadroviy ob’ektlarni ta’mirlash va ulardan foydalanishda;
  • radioaktiv manbalari va radioaktiv chiqindilarni, yadroviy materiallardan foydalanishda va ularni sinashda va yadroviy va boshqa ob’ektlarni ekspluatatsiyaga tayyorlash va ionlashtiruvchi nurlanish manbalari foydalanishda;
  • radioaktiv yadroviy materiallardan foydalanishda, tashish, ko‘mish, qazib chiqarishda, qayta ishlash va radioaktiv materiallarni xisobga olishda radioaktiv manbalari va radioaktiv chiqindilarni, yadroviy materiallardan foydalanishda va yadroviy va boshqa ob’ektlarni ekspluatatsiyaga tayyorlash va ionlashtiruvchi nurlanish manbalari foydalanishda.

Inspeksiya o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek o‘ziga bo‘ysunnadigan inspektorlar orqali amalga oshiradi. 

Buyruq raqami va sanasi

Normativ hujjatning shartli belgilanishi

Normativ hujjat Adliya vazirligidan ro‘yhatdan o‘tgan sanasi va tartib raqami yoki xulosasining soni va sanasi

Normativ hujjatning nomi

1

19.04.2013

61 sonli Buyruq

STH

18- 13

22.05.2013

6-24-5127/6-sonli xat

Radioaktiv chiqindilarni boshqarish va uzoq muddatli saqlash xaqidagi Nizom

2

27.08.2008

01-1028 sonli qo‘shma qaror

STH

18-23-08

23.09.2008

 20-15-320/13- sonli xat

Radiatsiya manbalari, yadroviy qurilmalar , yadroviy materiallar radioaktiv moddalar va ular saqlanadigan joylarni fizik ximoya qilish qoidalari

3

30.11.2007

219 sonli Buyruq

STH

18-24-08

21.10.2008

 20-15-348/12- sonli xat

Spektral analiz laboratoriyalari va punktlarini o‘rnatish va ularni saqlab turish ishlari xavfsizligi qoidalari

 

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz,
ularni belgilab,
ma’muriyatni xabardor qilish uchun
Ctrl + Enter tugmalarini bosing.