Menyu



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
«Sanoatgeokontexnazorat»
Davlat inspeksiyasi

Gaz xo‘jaligidan xavfsiz foydalanish nazorati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi gaz xo‘jaligi tizimida sanoat xavfsizligigaoid qonunlar va me’yoriy- texnik hujjatlar talablariga rioya etilishi bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish;

Sanoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va joriy etish;

Respublikaning gaz xo‘jaligi tizimida hamda ko‘pxonadonli turar-joylar va kommunal-maishiy ob’ektlarni gaz bilan ta’minlashda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha nazorat olib borish;

Manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan Respublika gaz xo‘jaligi tizimida sanoat xavfsizligiga oid me’yoriy-huquqiy va me’yoriy-texnik hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilishi va kelishuvini ta’minlash;

Sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimlarini tadbiq etilishi, amal qilishi va rivojlanishini ta’minlash, shuningdek, sanoat xavfsizligi sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni ta’minlash.

Inspeksiya o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida quyidagilarni amalga oshiradi:

a) profilaktik-nazorat faoliyat sohasida:

  • vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari bilan kelishilgan holda, (texnologiyalar), ob’ektlar, jihozlar hamda yashirin (potensial) xavfli ishlab chiqarish va texnologik ob’ektlarga egabo‘lgan xo‘jalik sub’ektlariro‘yxatinibelgilanishi va tasdiqlanishini ta’minlaydi;
  • Respublika gaz xo‘jaligi tizimida sanoat xavfsizligini ta’minlash sohasini takomillashtirishga oid takliflar tayyorlaydi;
  • Respublika gaz xo‘jaligi tizimidagi xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligiekspertizasini tashkil etishda qatnashadi;
  • kommunal-maishiy xizmatlar tomonidan turar-joylar va kommunal-maishiy ob’ektlar gaz xo‘jaligi tizimida sanoat xavfsizligini ta’minlash sohasiga oid me’yoriy-huquqiy va me’yoriy-texnik hujjatlar talablarining bajarilishini nazorat qiladi va monitoring olib boradi;
  • nazorati ostidagi korxonalar va ob’ektlarni foydalanishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tarkibida qatnashadi, ushbu ob’ektlarni foydalanishga qabul qilish qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi;
  • xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari ro‘yxatiga kiritish maqsadida, xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari to‘g‘risida axborot tayyorlaydi;
  • tashkilot va korxonaning xavfli ishlab chiqarish ob’ektidanfoydalanish bo‘yicha tayyorgarligini, shuningdek, nazorat ostidagi ob’ektlarda avariyalar va ishlab chiqarishda jarohatlanish holatlarini oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va o‘tkazilishini nazorat qiladi;
  • sanoat xavfsizligi deklaratsiyalarini to‘g‘ri ishlab chiqilishi va taqdim etilishi bo‘yicha monitoring olib boradi;
  • amaldagi va qurilayotgan xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari sanoat xavfsizligini deklaratsiyalash ishlarining olib borilishini nazorat qiladi;
  • O‘zbekiston Respublikasi gaz xo‘jaligi tizimidagi gaz nazoratiob’ektlarini, bosim ostida ishlovchi sig‘imlarni ro‘yxatga oladi;
  • avariyalar va ishlab chiqarishda jarohatlanish holatlarini oldini olish maqsadida, sanoat xavfsizligi talablarini targ‘ibot qiladi;

b) me’yoriy tartibga solish sohasida:

  • O‘zbekiston Respublikasi gaz xo‘jaligi tizimida sanoat xavfsizligi masalalariga oid me’yoriy-huquqiy va me’yoriy-texnik hujjatlarni ishlab chiqilishi va qabul qilinishini ta’minlaydi;
  • sanoatda ishlarni xavfsiz olib borish, O‘zbekiston Respublikasi gaz xo‘jaligi tizimidagi jihozlarni loyixalash, tayyorlash, qurish va ishlatish talablarini o‘z ichiga oluvchi davlat standartlari va boshqa me’yoriy hujjatlar loyixalarini o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilishi va kelishuvini ta’minlaydi, shuningdek, ushbu masalalar bo‘yicha qoidalar va me’yorlarni tasdiqlash uchun tayyorlaydi;

v) ruxsat etish faoliyati sohasida:

  • O‘zbekiston Respublikasi gaz xo‘jaligi tizimidagi alohida faoliyat turlariga ruxsatnoma berish (litsenziyalash) ni tashkillashtiradi;
  • O‘zbekiston Respublikasi gaz xo‘jaligi tizimidagi alohida faoliyat turlariga o‘rnatilgan tartibda ruxsatnoma berish (litsenziyalash) vabekor qilish uchun takliflar tayyorlaydi;
  • O‘zbekiston Respublikasi gaz xo‘jaligi tizimida sanoat xavfsizligi qismi bo‘yicha xorijiy texnologiyalar va jihozlarni qo‘llash imkoniyati to‘g‘risida ekspert xulosalarini ko‘rib chiqadi va tasdiqlash uchun tayyorlaydi;
  • sisternalarda suyultirilgan uglevodorod gazlarini tashishga xulosa berish uchun kerakli hujjatlarni tayyorlaydi;
  • xavfli ishlab chiqarish ob’ektida avariya sodir bo‘lgan holatda boshqa shaxslar hayotiga, sog‘ligiga yoxud mulkiga va atrof- muhitga yetgan zarar uchun javobgarliknimajburiy sug‘urtalash bo‘yicha xulosa berilishini ta’minlaydi;

g) mutaxassilarni tayyorlash va qayta tayyorlash sohasida:

  • sanoat xavfsizligi masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar dasturlarini shakllantirish va kelishish hamda sanoat xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash ishlarida qatnashadi;
  • xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida ishlovchi xodimlarning sanoat xavfsizligi bo‘yicha tayyorgarliklari va bilimlarinisinovdan o‘tkazish (attestatsiya qilish) tartibi bo‘yicha takliflar beradi;

d) xalqaro hamkorliksohasida:

  • sanoatda ishlarni xavfsiz olib borish va ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha nazorat yuritish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish ishlarini tashkillashtirishda qatnashadi.
  • Xalqaro tashkilotlar, boshqa mamalakatlarning tegishli nazorat organlari bilan O‘zbekiston Respublikasi gaz xo‘jaligi tizimi masalalari bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda aloqa olib boradi.

Inspeksiya quyidagilarbo‘yicha davlat nazoratini amalga oshiradi:

  • O‘zbekiston Respublikasi gaz xo‘jaligi tizimida qurilish olib borilayotganda, gazdan ishlabchiqarish turkumida foydalanishda;
  • gaz quvurlari hamda shaharlar va aholi punktlari, ko‘p qavatli uylarning gaz ta’minoti tizimlarini loyixalashda, qurishda, ishlatishda va ta’mirlashda, shuningdek, suyultirilgan uglevodorod gazlarini tashish, saqlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq ob’ektlarda;
  • O‘zbekiston Respublikasi gaz xo‘jaligi tizimidagi bosim ostida ishlovchi sig‘imlarni ishlab chiqish, loyixalash, tayyorlash, montaj qilish, ta’mirlash va ishlatishda;
  • xavfli yuklar hamda suyultirilgan uglevodorod gazlarni tashish uchun mo‘ljallangan sisternalarni tranzitlitashishda;

Inspeksiya o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bevosita, shuningdek, qo‘l ostidagi inspektorlar orqali amalga oshiradi. 

Buyruq raqami va sanasi

Normativ hujjatning shartli belgilanishi

Normativ hujjat Adliya vazirligidan ro‘yhatdan o‘tgan sanasi va tartib raqami yoki xulosasining soni va sanasi

Normativ hujjatning nomi

1

2008 yil 23 aprel  01-324 va 01-455- sonli qo‘shma qarori

XQ  15-32-08

xat №20-15-358/22

11.11.2008 yil

Avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarini (AGQSh) texnik va xavfsiz ishlatish qoidalari.

2

2008 yil 2 dekabr 274-sonli buyruq

STH  15-25-08

xat №20-15-340/12

23.10.2008 yil

Gazdan xavfli ishlarni xavfsiz olib borishni tashkillashtirish bo‘yicha namunaviy yo‘riqnoma.

3

2008 yil 2 dekabr 273-sonli buyruq

STH  15-36-08

xat №20-15-447/12

18.12.2008 yil

Yer osti po‘lat gaz quvurlarining texnik xolatini diagnostika qilish bo‘yicha yo‘riqnoma.

4

2009 yil 13 aprel 73-sonli buyruq

XQ 15-72-09

xat №20-15-162/13

15.05.2009 yil

Magitsral gaz quvurlarining (MGQ) gaz taqsimlash shaxobchalarida (GTSh) va avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shaxobchalarida (AGTKSh) suyultirilgan tabiiy gazni ishlab chiqarish, saqlash va yetkazib berishda xavfsizlik qoidalari.

5

2008 yil 4 dekabr 280-sonli buyruq

XQ 15-40-08

xat №20-15-447/12

09.01.2009 yil

Suyultirilgan uglevodorod gazlaridan foydalanuvchi ob’ektlar uchun xavfsizlik qoidalari.

6

2014 yil 22 yanvar 13-sonli buyruq

STH 15-107-14

xat №6-24/32-995/6 27.01.2014 yil

Gaz xo‘jaligidan texnik foydalanish qoidalari.

7

2013 yil 29 may 76-sonli buyruq

STH 15-106-13

xat №6-24/23-6681/6 18.06.2013

Suyultirilgan uglevodorod gaz to‘ldirish stansiyalarindan foydalanish qoidalari.

8

2011 yil 27 oktyabr 231-sonli  buyruq

STH 15-100-11

Xat №6-24/11-11817/6
08.11.2011 yil

Qozonxonalarda uglerod oksidi miqdorini nazorat qilish bo‘yicha yo‘riqnoma

9

2011 yil 10 avgust 181-sonli  buyruq

STH 15-99-11

Xat №6-24/13-8885/6
6.08.2011 yil

Gaz taqsimlash va gaz iste’moli tizimlari xavfsizligi qoidalari

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz,
ularni belgilab,
ma’muriyatni xabardor qilish uchun
Ctrl + Enter tugmalarini bosing.