Menyu



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
«Sanoatgeokontexnazorat»
Davlat inspeksiyasi

Temir yo‘l transportida xavfli yuklarni tashish sharoitlari nazorati

Inspeksiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- temir yo‘l transporti orqali xavfli yuklarni tashishda barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sanoat xavfsizligi bo‘yicha qonunlar va me’yoriy texnik hujjatlar talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

- nazorat ostidagi ob’ektlarda sanoat xavfsizligini ta’minlash sohasida profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chiqish va tatbiq qilish;

-temir yo‘l transporti orqali xavfli yuklarni tashishda sanoat xavfsizligisohasida belgilangan tartibda me’yoriy-huquqiy hujjatlar va me’yoriy texnik hujjatlar ishlab chiqilishini hamda manfaatdor vazirliklar va muassasalar bilan o‘zaro muvofiqlashtirilishini ta’minlash;

-sanoat xavfsizligi ekspertiza tizimlari joriy qilinishi, faoliyat yuritishi va rivojlanishini ta’minlash.

Inspeksiya o‘ziga yuklangan vazifalar ni bajarish doirasida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

a) nazorat - profilaktika faoliyati sohasida:

-vazirliklar, davlat qo‘mitalari, muassasalar bilan o‘zaro muvofiqlashtirish asosida potensial xavfli ishlab chiqarish va texnologik ob’ektlarga ega korxonalar (texnologiyalar), ob’ektlar, uskunalar va xo‘jalik yuritish sub’ektlari ro‘yxati belgilanishi va tasdiqlanishini ta’minlaydi;

-temir yo‘l transporti orqali xavfli yuklarni tashishda qonunlarga rioya qilinishi ustidan nazorat ni amalga oshiradi;

-temir yo‘l transporti o rqali xavfli yuklarni tashishda sanoat xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

-temir yo‘l transporti orqali xavfli yuklarni tashishda xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi ekspertizasini tashkillashtirishda ish tirok qiladi;

- nazorat ostidagi korxonalar va ob’ektlarni foydalanishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyalari tarkibida ishtirok qiladi , ushbu ob’ektlarni foydalanishga qabul qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

- Davlat xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari reestriga kiritish maqsadida ushbu xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari to‘g‘risida ma’lumotlar tayyorlaydi;

-tashkilotlarning xavfli ishlab chiqarish ob’ektlaridan foydalanishga tayyorligini, shuningdek nazorat ostidagi ob’ektlarda avariyalar va ishlab chiqarish jarohatlanishlari oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini nazorat qiladi;

-sanoat xavfsizligi deklaratsiyalarini to‘g‘ri ishlab chiqish va taqdim qilish monitoringini amalga oshiradi;

-amaldagi va qurilayotgan xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi deklaratsiya qilinishini nazorat qiladi;

-avariyalar va ishlab chiqarish jarohatlanishlari oldini olish maqsadida sanoat xavfsizligi va yer osti boyliklarini muhofazalash talablarini targ‘ibot qiladi.

b) me’yoriy boshqaruv sohasida:

-temir yo‘l transporti orqali xavfli yuklarni tashishda sanoat xavfsizligi sohasida ekspert tashkilotlari akkreditatsiya qilinishini, sanoat xavfsizligi, yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofazalash masalalari bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar vame’yoriy texnik hujjatlar ishlab chiqilishi va qabul qilinishini ta’minlaydi;

-temir yo‘l transporti orqali xavfli yuklarni tashishda ishlarni xavfsiz olib borish, uskunalarni loyihalashtirish, tayyorlash, tuzish va ulardan foydalanish bo‘yicha talablarni o‘z ichiga olgan davlat standartlari va boshqa me’yoriy hujjatlar loyihalari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi va muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi, shuningdek ushbu masalalar bo‘yicha qoidalar va me’yorlarni tasdiqlanishga tayyorlaydi.

v) ruxsat berish faoliyati sohasida:

-temir yo‘l transporti orqali xavfli yuklarni tashishda alohida faoliyat turlari uchun ruxsatnoma (litsenziya) berilishini tashkillashtiradi;

-temir yo‘l transporti orqali xavfli yuklarni tashishda alohida ish turlari uchun ruxsatnomalarni belgilangan tartibda beradi va bekor qiladi;

-temir yo‘l transporti orqali xavfli yuklarni tashishda loyihalarni, xavfli yuklarni transportirovka qilish, qabul qilish, saqlash va realizatsiya qilish bilan bog‘liq ob’ektlarni ishlarni xavfsiz olib borish bo‘yicha texnik qarorlar yuzasidan o‘zaro muvofiqlashtiradi;

-alohida mas’uliyatli texnologik ish bosqichlarini yuritish bo‘yicha ish rejalarini, texnologik ish tartiblari (reglamentlari)ni va h.k. o‘zaro muvofiqlashtiradi;

-xorijiy texnologiyalar va uskunalarni tatbiq qilish imkoniyatlari to‘g‘risida ekspert xulosalarini tasdiqlash uchun nazorat ostidagi ob’ektlarda sanoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqadi va tayyorlaydi;

-sanoat xavfsizligi bo‘yicha ekspert tashkilotlarining belgilangan tartibda akkreditatsiya qilinishini amalga oshirishga ko‘maklashadi;

-xavfli ishlab chiqarish ob’ektida avariya yuz bergan taqdirda, boshqa shaxslar hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazilganligi uchun javobgarlikni majburiy sug‘urtalash bo‘yicha xulosalar berilishini ta’minlaydi.

g) mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash sohasida:

-sanoat xavfsizligi masalalari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash va ilmiy tadqiqotlar dasturlarini tuzish va o‘zaro muvofiqlashtirishda ishtirok qiladi;

-sanoat xavfsizligi sohasida xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari xodimlarini tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish (bilimlarini tekshirish) tartibi bo‘yicha takliflar beradi.

d) xalqaro hamkorlik sohasida:

-sanoatda ishlarning xavfsiz olib borilishi ustidan nazorat sohasida xalqaro hamkorlikni va ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishda qatnashadi, belgilangan tartibda xalqaro tashkilotlar, boshqa mamlakatlarning taalluqli nazorat organlari bilan Inspeksiya vakolatlariga kiradigan masalalar bo‘yicha aloqalarni yo‘lga qo‘yadi.

Inspeksiya quyidagi holatlarda temir yo‘l transporti orqali xavfli yuklarni tashishda davlat nazoratini amalga oshiradi:

-temir yo‘l transporti orqali xavfli yuklarni tashishda va tranzit qilishda;

-temir yo‘l transporti orqali tashiladigan xavfli yuklarni saqlashda, ulardan foydalanishda va hisobga olishda.

Inspeksiya o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek o‘z qo‘l ostidagi inspektorlar orqali amalga oshiradi.

Buyruq raqami va sanasi Normativ hujjat Adliya vazirligidan ro‘yhatdan o‘tgan sanasi va tartib raqami yoki xulosasining soni va sanasi Normativ hujjatning nomi
1 «Sanoatkontexnazorat»DI Boshlig‘i tomonidan 14.02.2006y 32‑son raqami bilan bo‘yrug‘i tasdiqldangan O‘R AV №2006 yil 14 .02.2006y ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 32-son  
2 “O‘zdavtemiryo‘l”DI Boshlig‘i tomonidan 27.09.2001g tasdiqldangan  - Tormoz boshmoqlarini ruyxatga olish va belgilash yo‘riqnomasi
3 GOST 19433-88 Xavfli yuklar, Klassifikatsiya, Xavfli belgilar - -
4 Temir yo‘l transportini Kengashi 1976 yil YuTQ 2 qism -  Yuklarni yurg‘izish qoidasi 2 qism
5 Temir yo‘l transportini Kengashida30.05.08y 48 sonli Bayonomasi bilan tasdiqlangan Avariya kartochkalar  - Avariya kartochkalari
6 Temir yo‘l transportini Kengashida 1976 yilda tasdiqlangan HYuTQ - Havfli yuklarni tashish qoidasi
7 Temir yo‘l transportini Kengashida 21.05.09g 50sonli Bayonomasi bilan tasdiqlangan - Suyultirilgan yuklarni tashish
Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz,
ularni belgilab,
ma’muriyatni xabardor qilish uchun
Ctrl + Enter tugmalarini bosing.